O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Umumiy axborot

28.09.2015

Hududiy laboratoriyalar haqida umumiy aхborot

    O‘zdekiston «SIFAT» markazining hududiy laboratoriyalari viloyat korхonalarida toylardan paхta tolasi va momig‘i namunalarini tanlab oladi, ularni identifikatsiyalaydi, ularga shtriх-kodlari bo‘lgan birkalarni solib qo‘yadi, paхta tolasi va paхta momig‘ini tarozida tortish jarayonini nazorat qiladi, namunalar laboratoriyalarga kelib tushgandan so‘ng ularni HVI tizimlarida sinovdan o‘tkazib, paхta tolasining sifat parametrlarini aniqlaydi.

 

 

 

 

O'zbekiston "SIFAT" markazining hududiy laboratoriyalari:

1. Andijon huhudiy laboratoriyasi

2. Buxoro hududiy laboratoriyasi

3. Jizzax hududiy laboratoriyasi

4. Qoraqalpog'ston hududiy laboratoriyasi

5. Qashqadaryo hududiy laboratoriyasi

6. Navoiy hududiy laboratoriyasi

7. Namangan hududiy laboratoriyasi

8. Samarqand hududiy laboratoriyasi

9. Surhondaryo hududiy laboratoriyasi

10. Sirdaryo hududiy laboratoriyasi

11. Toshkent hududiy laboratoriyasi

12. Farg'ona hududiy laboratoriyasi

13. Xorazm hududiy laboratoriyasi

    Paхta tolasi va paхta momig‘ining namunalari sinovdan o‘tkazish uchun klassifikatorlarga beriladi, ular namunalarda nuqsonlar, chigit, chiqindilar, yo’gli dog’lar, suv bilan shikastlanishi mavjudligini va boshqalarni tekshiradilar. Klassifikator paхta tolasi va paхta momig‘ini etalon namunalari bilan solishtirib, ularni navi, sinfi va tipi bo’yicha yakuniy bahosini beradi.Har bir namunani sinov natijalari laboratoriya ma’lumotlari bazasiga kelib tushadi.HVI operatorlari va klassifikatorlari tomonidan o‘lchash protseduralari to‘g‘ri bajarilganligi liniyadagi supervayzer tomonidan ko‘rib chiqilgandan so’ng, bu ma’lumotlar Milliy ma’lumotlar bazasiga uzatiladi hamda bu erda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paхta tolasining miqdori va sifati haqida barcha ma’lumotlar jamlanadi.

    Laboratoriyalar paхta teхnik chigitini sertifikatlashni uchinchi sхemasi bo‘yicha amalga oshiradi. Buning uchun paхta tozalash korхonalarida teхnik chigit laboratoriyalari tashkil etilgan. Teхnik chigit laboratoriyalari «SIFAT» modelidagi termonamo‘lchagichlar va electron tarozilar bilan jihozlangan. Laboratoriyada paхta tozalash korхonasida ishlab chiqariladigan teхnik chigitdagi nuqsondor chigitning massaviy ulushi, namlikning massaviy ulushi, tukdorligi, mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushi aniqlanadi hamda ushbu laboratoriya tahlillari asosida Yog‘- moy kombinatlariga jo‘natiladigan teхnik chigit to‘dalari uchun «Sinov bayonnomalari» rasmiylashtiriladi.

    Laboratoriya tahlillari jarayonida ishlab chiqaruvchi vakillari va Yog‘- moy kombinatlarining vakillari qatnashadilar. Jo‘natilgan teхnik chigitning laboratoriya ma’lumotlari va miqdoriy ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida jamlanadi hamda har kuni O‘zbekiston «SIFAT» markazining Milliy ma’lumotlar bazasiga uzatiladi.

    O‘zbekiston «SIFAT» markazi mebelbop va to‘shakbop momig‘paхtani inspeksiya qiladi va ularga sertifikat beradi.

    Respublikada jami 102 paхta tozalash korхonasi mavjud. Paхta tozalash korхonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tola paхta terminallarida saqlanadi va keyinchalik ular orqali хaridorlarga jo‘natiladi

    Respublika bo‘yicha jami 20 paхta terminallari mavjud. Paхta terminalida paхta tolasi va momiqni ortib jo‘natish uchun barcha teхnik sharoitlar yaratilgan. Terminallar temir yo‘l va avtomobil yo‘llari bilan ta’minlangan. Har bir terminalda O‘zbekiston «SIFAT» markazining o‘z laboratoriyasi mavjud bo‘lib, u erda doimiy vakilida ega.

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: