O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori «SIFAT» O’ZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASH MARKAZINI TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA

21.04.2014

O’zbekiston paxtasining yuqori likvidli xom ashyo tovarlari xalqaro bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, paxta tolasini jo’natishdan oldin yuqori darajada sertifikatlashni ta’minlash va uning paxta birjalaridagi qiymat ko’rsatkichlarini ko’tarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. «O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasi, «O’zdavstandart» markazi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Paxta loyihasini amalga oshirish agentligining mintaqaviy laboratoriyalar tarmoqlariga ega bo’lgan «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (O’zbekiston «Sifat» markazi)ni tashkil etish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilsin.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O’zbekiston «Sifat» markazi «O’zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasi tarkibiga kiruvchi Paxta mahsulotini va kanop tolasini standartlash va sertifikatlash «Sifat» boshqarmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Bitim asosida faoliyat ko’rsatuvchi «Paxta» tolasini sertifikatlash va marketing» kichik loyihasini joriy etish bo’limi negizida tashkil qilinadi va ularning huquqiy vorisi hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

(2, 3 va 4-bandlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 maydagi 220-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2004 y., 19-son, 221-modda)

5. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O’zbekiston «Sifat» markazi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro tashkilotlarni markazning tashkil etilganligi to’g’risida xabardor qilsin va uning tegishli ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirishiga doir zarur tadbirlarni amalga oshirsin.

6. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o’rtasida tuzilgan Zayom to’g’risidagi bitim doirasida Paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida» 1995 yil 31 oktyabrdagi 421-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq respublikada paxta tolasini sertifikatlash viloyat laboratoriyalarini qurish va jihozlash amalga oshirilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O’zbekiston «Sifat» markazi paxta tolasini albatta sertifikatlashni ta’minlash maqsadida markaz va uning mintaqaviy laboratoriyalarini paxta tolasini sertifikatlash organi sifatida belgilangan tartibda «O’zdavstandart» markazida akkreditatsiya qilsin.

7. O’zbekiston «Sifat» markazi, paxta loyihasi qatnashchisi sifatida, daromad va mulk soliqlaridan, bojxona poshlinalaridan va yig’imlaridan ro’yxatdan o’tkazilgan vaqtidan boshlab 5 yil muddatga ozod qilinsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(8-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 maydagi 220-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2004 y., 19-son, 221-modda)

9. O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda O’zbekiston «Sifat» markazini va uning mintaqaviy laboratoriyalarini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.

10. O’zbekiston «Sifat» markazi Toshkent shahar, Mannon Uyg’ur ko’chasi, «Qizil SHarq» berk ko’chasi, 109-uyga joylashtirilsin.

11. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o’rtasida tuzilgan Zayom to’g’risidagi bitim doirasida Paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida» 1995 yil 31 oktyabrdagi 421-son qaroriga quyidagi o’zgartirishlar kiritilsin:

12-bandning birinchi xatboshi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin;

12-bandning ikkinchi xatboshidagi va 2-ilovadagi «Sifat» boshqarmasiga» so’zlari «O’zbekiston «Sifat» markaziga» so’zlari bilan almashtirilsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari I. H. Jo’rabekov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998 yil 20 mart,

122-son

Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 maydagi 220-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2004 y., 19-son, 221-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(2-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 maydagi 220-sonli qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2004 y., 19-son, 221-modda)

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: