O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

«SIFAT» O’ZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASH MARKAZI FAOLIYaTINI TAKOMILLASHTIRISH TO’G’RISIDA

18.04.2014

(O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 19-son, 221-modda; 2005 y., 12-13-son, 91-modda; 19-20-son, 140-modda)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to’g’risida» 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Belgilab qo’yilsinki, quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:

belgilangan standartlar, metodikalar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda respublika hududida paxta tolasini ishlab chiqarish va saqlash joylarida uning sifatiga qo’yiladigan talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish;

respublika paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi turkumlari massasini nazorat qilish;

jahon bozori va ichki bozor talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va ta’minlash bo’yicha amaliy va ilmiy faoliyatni amalga oshirish;

paxta tozalash sanoati korxonalarini, paxta tolasi va momiq xaridorlarini va boshqa tashkilotlarni sertifikatlanadigan mahsulotning standart namunalari bilan ta’minlash;

paxta mahsulotini sertifikatlash, tasniflash, sinash usullari bo’yicha mutaxassislar tayyorlash.

2. Quyidagilar:

Oldingi tahrirga qarang.

(2-bandning ikkinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 31 martda 93-son qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotdi — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 12-13-son, 91-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(2-bandning uchinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 10 maydagi 117-son qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotdi — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 19-20-son, 140-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3. Markaz bosh direktoriga, zaruriyat bo’lganda, Markaz markaziy apparatining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni va ularning ta’minoti uchun ajratiladigan mablag’lar doirasida o’zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

(3-bandning birinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 31 martda 93-son qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotdi — O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 12-13-son, 91-modda)

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini tashkil etish to’g’risida» 1998 yil 20 martdagi 122-son qarorining (O’zbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 3-son, 11-modda) 2, 3, 4 va 8-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004 yil 7 may,

220-son

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: