O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

2013—2017 yillarda «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to’g’risida

21.04.2014

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 3-son, 30-modda)

[Ko’chirma]

Paxta tolasini sertifikatlash milliy tizimini dinamik va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, shuningdek ilg’or asbob-uskunalarni joriy etish, paxta tolasi sifatini baholashning yuqori xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy yaxlit tizimini izchil shakllantirish hisobiga o’zbek paxtasining raqobatga bardoshligini oshirish va xaridorlarning ishonchini qozonish, sinovlarning xalqaro tizimiga keng integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 2013—2017 yillarda «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi (keyingi o’rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

2. Belgilansinki, «Sifat» markazining paxta mahsulotini sertifikatlash va tarozida tortishga doir ko’rsatilgan xizmatlar uchun tushadigan o’z mablag’lari Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

«Sifat» markazi moliyaviy mablag’lar Dasturni maqsadli moliyalashtirish uchun alohida subhisobraqamida jamlanishini ta’minlasin.

4. «Sifat» markazining paxta tolasi sifatini baholash milliy tizimini xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq bo’lgan yuqori unumli NVI avtomatlashtirilgan tizimlar va ularga butlovchi uskunalar bilan texnologik jihatdan qayta jihozlash to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.

5. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi texnik parametrlari bo’yicha xalqaro talablarga muvofiq bo’lgan yuqori unumli NVI avtomatlashtirilgan tizimlar va ularga butlovchi uskunalar xarid qilishda «Sifat» markaziga ko’maklashsin.

6. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli bank bilan birgalikda «Sifat» markazining maxsus hisob raqamida jamlangan mablag’lar Dastur doirasida yuqori unumli NVI avtomatlashtirilgan tizimlar va ularga butlovchi uskunalar xarid qilish uchun zarur bo’lgan hajmda belgilangan tartibda konvertatsiya qilinishini ta’minlash tavsiya etilsin.

7. «Sifat» markazi Dasturning bajarilishi to’g’risida har yillik asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2013 yil 12 yanvarь,

6-son

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: