O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Markaz Hay'atining vakolati

13.06.2016

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 10 maydagi 117-son qaroriga ILOVAda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi to’g’risida  NIZOMning 14 bandida Markaz hay’at valolati, shahsiy tarkib va vazifalari belgilangan.

“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI «SIFAT» O’ZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASH MARKAZI TO’G’RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA» Toshkent shaxri 2055 yil 117 sonli  g. Tashkent, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori.  (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 19-20-son, 140-modda; 2010 y., 23-son, 183-modda).  Yuklash uchun 50 kb doc., 62 kb pdf

Markazda bosh direktor (hay’at raisi), uning o’rinbosarlari (lavozimiga ko’ra), shuningdek Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi bosh direktorning taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi:

Markaz faoliyatining belgilangan standartlar, metodikalar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda Respublika hududida va uning tashqarisida paxta tolasini ishlab chiqarish va saqlash joylarida uning sifatiga qo’yiladigan talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq paxta tolasini bundan buyon sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish, respublika paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi turkumlari massasini nazorat qilishni ta’minlash, shuningdek jahon bozori va ichki bozor talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va ta’minlash bo’yicha amaliy va ilmiy faoliyatni amalga oshirish bo’yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo’nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sifat» O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Markaz rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Markazning vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko’rib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko’pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan masalalar bo’yicha qarorlar oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari o’rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan taqdirda bosh direktor paydo bo’lgan kelishmovchiliklar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o’z fikr-mulohazalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

(14-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2010 y., 23-son, 183-modda)

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: