O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Kiyim kechak va mebelbop momig‘ paxtani sertifikatlash xususiyatlari

30.09.2015

Kiyim kechak va mebelbop momig‘ paxtani sertifikatlash «Kiyim kechak va mebelbop momig‘ paxtani sertifikatlash tartibi»ga binoan o'tkaziladi.

Kiyim kechak va mebelbop momig‘ paxtani (bundan buyon-momig‘paxta) O'z DSt 1029:2003 «Kiyim kechak va mebelbop momig‘ paxta. Texnikaviy shartlar» talablariga muvofiq ixtiyoriy ravishda sertifikatlash xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida, talab etilgan akkreditlash sohasiga muvofiq, O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan amalga oshiriladi va bunda momig‘ paxtaning quyidagi SIFAT tavsiflari tasdiqlanadi:

  • rangi bo‘yicha tashqi ko‘rinishi, iflos aralashmalar miqdori va qumoqlanganligi (tashqi ko‘rinish namunalariga muvofiq);
  • egiluvchanlik (%);
  • hajmiy massasi (kg/m3).

momig‘paxtani sertifikatlash xalqaro qo‘llanish amaliyoti bilan tavsiya etilgan 7-sxema bo‘yicha o‘tkaziladi va bunda mahsulotning butun to‘dasi sertifikatlash obyekti hisoblanadi. momig‘paxtani sertifikatlash uchun to‘dasidan olinadigan tanlanma miqdori 10 % tashkil etadi. Bunda sinovdan o‘tgan momig‘paxtani har bir to‘dasiga Muvofiqlik sertifikati beriladi.

Ta’riflar

Kiyim-kechak va mebelbop momig‘paxta (taralgan) –yumshatish-titish va tarash jarayonlaridan o‘tgan, past navli paxta tolasi, paxta momig‘i, paxtani qayta ishlash korxonalarining, to‘qimachilik ishlab chiqarishlarining chiqindilari hamda kuyiklarini aralashtirish natijasida olingan tolali mahsulot.

Mebelbop (to‘shakbop) momig‘paxta - yumshatish-titish jarayonlaridan o‘tgan, past navli paxta tolasi, paxta momig‘i, paxtani qayta ishlash korxonalarining, to‘qimachilik ishlab chiqarishlarining chiqindilari hamda kuyiklarini aralashtirish hamda qo‘shimcha tozalash natijasida olingan tolali mahsulot.

 

Momig‘ning tashqi ko‘rinish namunalari– muayyan ko‘rinishlarga xos bo‘lgan rang, tuzilishi va ifloslanganlik bo‘yicha momig‘ paxtaning SIFAT ta’riflari yig‘indisini ifodalovchi, «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazida tayyorlangan va belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar. Namunalar kiyim-kechak («Lyuks», «Prima», «Shveynaya»), mebelbop («Taralgan», «To‘shakbop») momig‘paxta uchun alohida tayyorlanadi.

Qumoqlanganlik – yechilmaydigan tolalar yig‘indisini tashkil etuvchi tolali nuqsonlar va tugunchalar.

momig‘paxtani sertifikatlash qatnashchilari:

Buyurtmachi (Talabgor) – ham eksport uchun, ham respublika iste’molchilari uchun momig‘ paxtani tayyorlash va/yoki sotish bilan mashg‘ul bo‘lgan va o‘z mahsulotining SIFATini tasdiqlashni xohlagan tashkilot yoki har qanday yuridik shaxs.

Ijrochi - «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.

momig‘paxtani sertifikatlash 'quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘zbekiston «SIFAT» markaziga talabnoma taqdim etish va Buyurtmachi bilan shartnomaviy munosabatlarni rasmiylashtirish;
  • momig‘ paxta namunalarini tanlab olish va ularni identifikatsiyalash;
  • momig‘ paxtani sinovdan o‘tkazish;
  • Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish;
  • apellatsiyalarni ko‘rib chiqish.

Buyurtmachi O‘zbekiston «SIFAT» markaziga talabnoma taqdim etadi, unga muvofiq Ijrochining mutaxassislari Buyurtmachi taqdim etgan hujjatlarni belgilangan tartibda tahlil qiladilar va u bilan shartnomaviy munosabatlarni rasmiylashtiradilar.

Ijrochi talabnoma va taqdim etilgan hujjatlarni olib ko‘rib chiqgandan so‘ng, 2 kundan kechiktirmay Buyurtmachiga qarori haqida xabar beradi va unda quyidagilarni ko‘rsatadi:

  • momig‘paxtani sertifikatlashini asosiy tartibotlari;
  • sinovlarni o‘tkazish mo‘ljallangan akkreditlangan laboratoriya;
  • sertifikatlashni o‘tkazishga oid me’yoriy hujjatlar.
  • Talabnoma asosida Buyurtmachi bilan momig‘paxtani sertifikatlashini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadigan shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va aniq bajarilgan ishlar uchun haq to‘lash shartlari ko‘zda tutiladi.

Ijrochiga qayta murojaat qilganda‚ Buyurtmachi qayta talabnoma berib, avval Ijrochi bilan tuzilgan amaldagi shartnomaga havola qiladi.

momig‘paxtani barcha sertifikatlash ishlariga haq to‘lash kalkulatsiyaga binoan Ijrochi tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida amalga oshiriladi.

momig‘paxtani sertifikatlash xizmatlariga haq to‘lash shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalar va Ijrochi taqdim etgan schet asosida Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

Sinov namunalarini tanlab olish va ularni identifikatsiyalash momig‘paxtani tayyorlovchi korxonasida yoki uni boshqa saqlash joylarida O‘zbekiston «SIFAT» markazining akkreditlangan hududiy laboratoriyasi mutaxassislari yoki markazning vakolatli mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Namuna tanlab olish paytida Buyurtmachi yoki ishonchnomaga binoan uning vakillarini ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.

Momig‘ paxtadan namunalar tanlab olish usullari va tartibi, ularning o‘lchamlari va massasi O‘z DSt 1029 bilan belgilanadi.

Tanlab olingan namunalar tayyorlovchi korxona, to‘da raqami, toy raqami ko‘rsatilgan, belgilangan shaklda ikki nusxada Namuna tanlab olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi va qatnashuvchi taraflar tomonidan tasdiqlanadi.

Namunalar tanlab olish chog‘ida, Talabgor taqdim etgan hujjatlarini va toyni, uni o‘ramining tashqi ko‘rinishini, belgi qo‘yilishini ko‘rib chiqish yo‘li bilan ularni ushbu sertifikatlanayotgan momig‘ to‘dasiga tegishliligi, kelib chiqishiga muvofiqligi identifikatsiyalanadi.

Sertifikatlashdan o‘tgan momig‘ paxta namunalarini saqlash muddati – Muvofiqlik sertifikati berilgan vaqtdan boshlab kamida 15 kun. .

Sertifikatlash maqsadlari uchun momig‘ paxta sinovlari Ijrochining talab etilgan akkreditlash sohasiga muvofiq sinovlarni o‘tkazish huquqi uchun akkreditlangan hududiy sinov laboratoriyalarida Ijrochining mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.

momig‘ paxtani O‘z DSt 1029 talablariga muvofiq sertifikatlash paytida aniqlanadigan majburiy SIFAT ko‘rsatkichlari quyidagilardir: .

  • tashqi ko‘rinish namunalariga muvofiq rangi, tashqi ko‘rinishi, iflos aralashmalar miqdori hamda momig‘ning paxta qumoqlanganligi;
  • Egiluvchanlik (%);
  • Massa zichligi (kg/m3).

momig‘ paxtaning tashqi ko‘rinish namunalari O‘z DSt 1029 me’yorlari va talablariga muvofiq tayyorlangan va belgilangan tartibda tasdiqlangan.

momig‘ paxtaning rangi, tashqi ko‘rinishi va tuzilishini aniqlash, olingan namunani tashqi ko‘rininsh namunalari bilan ko‘z yordamida solishtirishdan iborat.

momig‘ paxtaning egiluvchanligi va zichligi O‘z DSt 1029 metodikasiga muvofiq asboblar yordamida o‘lchanadi.

Fizik-mexanik ko‘rsatkichlariga ko‘ra momig‘ paxta jadvalda ko‘rsatilgan O‘z DSt 1029 me’yorlari va talablariga muvofiq kelishi lozim:

momig‘ paxta ko‘rsatkichlarining nomi
Kiyim-kechak momig‘ paxta
Mebelbop momig‘ paxta
Lyuks
Prima
Shveynaya
Taralgan
To'shakbop
Egiluvchanlik, %, toy massasi kamida:
40 dan–60 kg gacha bolganda
100 dan–150 kg gacha bo'lganda
200 dan–250 kg gacha bo'lganda
67,0
52,0
46,0
65,0
47,0
45,0
60,0
42,0
40,0
54,0
38,0
35,0
50,0
35,0
32,0
Hajmiy massasi, kg'm3, toy massasi ko‘pi bilan:
40 dan – 60 kg gacha bo bo‘lganda
100 dan – 150 kg gacha bo‘lganda
200 dan – 250 kg gacha bo‘lganda
22,0
27,0
29,0
23,0
29,0
30,0
25,0
32,0
35,0
30,0
35,0
39,0
35,0
38,0
40,0
Rangi, iflos aralashmalar miqdori va qumoqlanganlik
Tashqi ko‘rinish namunalariga (etalonlariga) muvofiq

momig‘ paxta SIFATini nazorat qilish natijalari O‘zbekiston «SIFAT» markazi vakillari tomonidan ikki nusxada, belgilangan shaklda Sinov bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi, sinovlarni o‘tkazgan shaxslar, laboratoriya rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

Sinov bayonnomasining bitta nusxasi Buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi O‘zbekiston «SIFAT» markazida qoldiriladi. Bayonnomalarning nusxalari 1 yil davomida saqlanishi shart.

Momig‘ paxtaga Muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish va berish Sinov bayonnomasi O‘zbekiston «SIFAT» markazi hududiy sinov laboratoriyasining mas’ul vakolatli vakili tomonidan ko‘rib chiqilganidan va olingan natijalar tahlil qilinganidan so‘ng belgilangan shaklda Muvofiqlik sertifikatirasmiylashtiriladi, hududiy laboratoriya muhri bilan tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoidalar bo‘yicha ro‘yxatga olinadi va Buyurtmachiga beriladi.

Talabgorning xohishiga ko‘ra sertifikat o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida to‘ldiriladi.

Ro‘yxatga olish raqamiga ega bo‘lgan Sertifikatgina haqiqiy hisoblanadi hamda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan belgilanadi.

Sertifikatlangan momig‘ning biror qismi sotilganda unga O‘zbekiston «SIFAT» markazi yoki uning hududiy laboratoriyasining, yoki davlat notarial organi, yoki Sertifikatni asl nusxasi egasining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan Muvofiqlik sertifikatining nusxasi qo‘shib yuborilishi mumkin.

O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan beriladigan nusxalari tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatiga muvofiq ishchi tartibda ro‘yxatga olinadi. Har bir nusxasida uning ro‘yxatga olish raqami, momig‘ning miqdori va sanasi ko‘rsatiladi.

Apellatsiyalarni (momig‘ paxtani sertifikatlash natijalaridan norozilik shikoyati arizasini) ko‘rib chiqishO‘zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: