O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Oqartirilgan tolali gigroskopik mahsulotlarni sertifikatlash xususiyatlari

28.09.2015

Oqartirilgan tolali gigroskopik mahsulotlarni (bundan buyon-oqartirilgan mahsulot) majburiy ravishda sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qaroriga muvofiq o‘tkaziladi.

Oqartirilgan mahsulotlarni majburiy ravishda sertifikatlash O‘zbekiston «SIFAT» markazi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan «Oqartirilgan mahsulotlarni sertifikatlash tartibi»ga muvofiq o'tkaziladi.

Oqartirilgan mahsulotlarni aniq me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlash xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida, talab etilgan akkreditlash sohasiga muvofiq, O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan amalga oshiriladi va bunda oqartirilgan mahsulotlarning quyidagi sifat tavsiflari tasdiqlanadi:

  • tashqi ko‘rinishi, rangi va tuzilishi (tashqi ko‘rinish namunalariga muvofiq);
  • so‘ruvchanlik qobiliyati (g);
  • kapillyarligi (mm);
  • oqlik darajasi (%).

Oqartirilgan mahsulotni sertifikatlash хalqaro qo‘llanish amaliyoti bilan tavsiya etilgan 7-sхema bo‘yicha o‘tkaziladi va bunda mahsulotning butun to‘dasi sertifikatlash obyekti hisoblanadi. Sertifikatlash maqsadlari uchun tasodifiy tanlab olish usulida oqartirilgan mahsulot to‘dasining butun hajmidan kamida 10 % toylari olinadi.

Ta’riflar

Oqartirilgan mahsulot – aniq tayyorlovchi–korxonaning texnologik reglamentiga binoan dastlabki tozalash va oqartirishdan o‘tgan tolali mahsulotdir.

Oqartirilgan mahsulot uchun tashqi ko‘rinish namunalari - oqartirilgan mahsulotning aniq bir turiga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, rangi va tuzilishi bo‘yicha sifat tavsiflari majmuini ifodalovchi, O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan tayyorlangan va belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalardir.

Oqartirilgan mahsulotni sertifikatlash qatnashchilari:

Buyurtmachi (Talabgor) –ham eksport uchun, ham respublika iste’molchilari uchun oqartirilgan mahsulotni tayyorlash va/yoki sotish bilan mashg'ul bo‘lgan tashkilot yoki har qanday yuridik shaxs.

Ijrochi - «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.

Oqartirilgan mahsulotni sertifikatlash 'quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘zbekiston «Sifat» markaziga talabnoma taqdim etish va Buyurtmachi bilan shartnomaviy munosabatlarni rasmiylashtirish;
  • oqartirilgan mahsulot namunalarini tanlab olish va ularni identifikatsiyalash;
  • oqartirilgan mahsulotni sinovdan o‘tkazish;
  • Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish;
  • apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish.

Buyurtmachi O‘zbekiston «SIFAT» markaziga talabnoma taqdim etadi, uning asosida Ijrochining mutaxassislari Buyurtmachi taqdim etgan hujjatlarni belgilangan tartibda tahlil qiladilar va u bilan shartnomaviy munosabatlarni rasmiylashtiradilar.

Ijrochi talabnoma va taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqgandan so‘ng 2 kundan kechiktirmay Buyurtmachiga qarori haqida хabar beradi va unda quyidagilarni ko‘rsatadi:

  • oqartirilgan mahsulotni sertifikatlashini asosiy tartibotlari;
  • sinovlarni o‘tkazish mo‘ljallangan akkreditlangan laboratoriya;
  • sertifikatlashni o‘tkazishga oid me’yoriy hujjatlar.

Talabnoma asosida Buyurtmachi bilan oqartirilgan mahsulotni sertifikatlashni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadigan shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va aniq bajarilgan ishlar uchun haq to‘lash shartlari ko‘zda tutiladi.

Ijrochiga qayta murojaat qilganda‚ Buyurtmachi qayta talabnoma berib, avval Ijrochi bilan tuzilgan amaldagi shartnomaga havola qiladi.

Oqartirilgan mahsulotni barcha sertifikatlash ishlariga haq to‘lash kalkulatsiyaga binoan Ijrochi tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

Oqartirilgan mahsulotni sertifikatlash xizmatlariga haq to‘lash shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalar va Ijrochi taqdim etgan schetga muvofiq Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

Sinov namunalarini tanlab olish va ularni identifikatsiyalash oqartirilgan mahsulotni tayorlovchi korxonasida yoki uni boshqa saqlash joylarida O‘zbekiston «SIFAT» markazining akkreditlangan hududiy laboratoriyasi mutaxassislari yoki markazning vakolatli mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Namuna tanlab olish paytida Buyurtmachi yoki ishonchnomaga binoan uning vakillarini ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.

Oqartirilgan mahsulotdan namunalar tanlab olish usullari va tartibi oqartirilgan mahsulotning aniq turiga oid me’yoriy hujjatida belgilanadi.

Tanlab olingan namunalar tayyorlovchi korxona, to‘da raqami, toy raqami ko‘rsatilgan, belgilangan shaklda ikki nusxada Namuna tanlab olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi va qatnashuvchi taraflar tomonidan tasdiqlanadi.

Namunalar tanlab olish chog‘ida Talabgor taqdim etgan hujjatlari va toyni, uni o‘ramining tashqi ko‘rinishini, belgi qo‘yilishini ko‘rib chiqish yo‘li bilan ularni ushbu sertifikatlanayotgan oqartirilgan mahsulot to‘dasiga tegishliligi, kelib chiqishiga muvofiqligi identifikatsiyalanadi.

Sertifikatlashdan o‘tgan oqartirilgan mahsulot namunalarini saqlash muddati – Muvofiqlik sertifikati berilgan vaqtdan boshlab kamida 15 kun.

Sertifikatlash maqsadlari uchun oqartirilgan mahsulot sinovlari Ijrochining talab etilgan akkreditlash sohasiga muvofiq sinovlarni o‘tkazish huquqi uchun akkreditlangan hududiy sinov laboratoriyalarida Ijrochining mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.

Oqartirilgan mahsulot sinovlari tayyorlovchi korxonasidan yoki uni boshqa saqlash joylaridan oqartirilgan mahsulotdan tanlab olingan namunalarida olib boriladi.

Oqartirilgan mahsulotni sertifikatlash paytida aniqlanadigan majburiy sifat ko‘rsatkichlari quyidagilardir:

  • tashqi ko‘rinishi, rangi va tuzilishi (tashqi ko‘rinish namunalariga muvofiq);
  • so‘ruvchanlik qobiliyati (g);
  • kapillyarligi (mm);
  • oqlik darajasi (%).

Oqartirilgan mahsulotning tashqi ko‘rinish namunalari aniq me’yoriy hujjatlarning me’yorlari va talablariga muvofiq tayyorlangan va belgilangan tartibda tasdiqlangan.

Oqartirilgan mahsulot fizik-mexanik va kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniq me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan me’yorlar va talablarga muvofiq kelishi kerak.

Oqartirilgan mahsulotning rangi, tashqi ko‘rinishi va tuzilishini aniqlash, olingan namunani tashqi ko‘rinish namunalari bilan ko‘z yordamida solishtirishdan iborat.

Oqartirilgan mahsulot sifatini nazorat qilish natijalari ikki nusxada belgilangan shaklda Sinov bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi, sinovlarni o‘tkazgan shaxslar, laboratoriya rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

Sinov bayonnomasining bitta nusxasi Buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi O‘zbekiston «Sifat» markazida qoldiriladi.

Oqartirilgan mahsulotning Sinov bayonnomasi O‘zbekiston «Sifat» markazi hududiy sinov laboratoriyasining mas’ul vakolatli vakili tomonidan ko‘rib chiqilganidan va olingan natijalar tahlil qilinganidan so‘ng belgilangan shaklda Muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi, hududiy laboratoriya muhri bilan tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoidalar bo‘yicha ro‘yxatga olinadi va Buyurtmachiga beriladi.

Talabgorning xohishiga ko‘ra sertifikat o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida to‘ldiriladi.

Ro‘yxatga olish raqamiga ega bo‘lgan Sertifikatgina haqiqiy hisoblanadi hamda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston «Sifat» markazi tomonidan belgilanadi.

Sertifikatlangan oqartirilgan mahsulotning biror qismini sotishda unga O‘zbekiston «Sifat» markazi yoki uning hududiy laboratoriyasining, yoki davlat notarial organi, yoki Sertifikatni asl nusxasi egasining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan Muvofiqlik sertifikatining nusxasi qo‘shib yuborilishi mumkin.

O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan beriladigan nusxalari tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatga muvofiq ishchi tartibda ro‘yxatga olinadi. Har bir nusxasida uning ro‘yxatga olish raqami, oqartirilgan mahsulotning miqdori va sanasi ko‘rsatiladi.

Apellatsiyalarni (oqartirilgan mahsulotni sertifikatlash natijalaridan norozilik shikoyati arizasini) ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: