O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Paxta momig‘i bo'yicha yurdik shaxslar bilan ishlah xususiyatlari

28.09.2015

Paxta momig‘ini sertifikatlash qatnashchilari:

Buyurtmachilar paxta momig‘ini eksportga va erkin konvertatsiya qilinadigan valutaga sotib olayotgan Respublika ko‘shma korxonalariga yetkazib berishda – «MARKAZSANOATEKSPORT» tashqi savdo kompaniyasi va boshqa tashkilolar;

Buyurtmachilar respublika iste’molchilariga yetkazib berishda– «O‘ZPAXTASANOAT» hududiy aksiyadorlik birlashmalari (HAB);

Xaridorlar ham chet ellik ham respublika ichidagi vakillar bo‘lishi mumkin;

Yetkazib beruvchilar / Tayyorlovchilar «O‘ZPAXTASANOAT» hududiy aksiyadorlik birlashmalari (HAB) va O‘zbekiston Respublikasining paxta tozalash korxonalari.

Ijrochi - «Sifat» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.

Paxta momig‘ini sertifikatlash «Paxta momig‘ini sertifikatlash tartibi» ga muvofiq bajariladi.

Paxta momig‘ini O‘z DSt 645:1995 «Paxta momig‘i. Texnikaviy shartlar» talablariga muvofiq sertifikatlash xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida, talab etilgan akkreditlash sohasiga muvofiq, O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan amalga oshiriladi va bunda klasserlik usulida momig‘ning quyidagi sifat tavsiflari tasdiqlanadi:

  • Navi (rangi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha)
  • Ifloslanganligi bo‘yicha sinfi
  • Shtapel uzunligi bo‘yicha tipi

Paxta momig‘ini sertifikatlash xalharo qo‘llanish amaliyoti bilan tavsiya etilgan 7-sxema bo‘yicha o‘tkaziladi va bunda mahsulotning butun to‘dasi sertifikatlash o'bekti hisoblanadi. Paxta momig‘ini sertifikatlash uchun to‘dasidan olinadigan tanlanma miqdori 100 % tashkil etadi, bu esa sertifikatlanayotgan mahsulot sifatini eng katta ishonchlilikda baholashga imkon beradi. Bunda, sinovdan o‘tgan paxta momig‘ining har bir to‘dasiga Muvofiqlik sertifikati beriladi.

 

Paxta momig‘ini sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi

  • Ijrochini Buyurtmachi bilan shartnomalarni tuzishi
  • har bir toydan namunalar tanlab olish, ularni identifikatsiyalash va Namuna olish dalolatnomasini rasmiylashtirish
  • Yetkazib beruvchi bilan birgalikda to‘dadagi toylarni tarozida tortish va Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasini rasmiylashtirish
  • namunalarni sinovdan o‘tkazish va Sinov bayonnomasini rasmiylashtirish
  • qaror qabul qilish va quyidagilarni rasmiylashtirish va berish
    1. Paxta terminaliga (omborga) yetkazib berilayotgan va O‘z DSt 645 talablariga muvofiq keladigan sifati bir xil paxta momig‘i to‘dalariga Muvofiqlik sertifikatini
    2. O‘z DSt 645 talablariga muvofiq kelmaydigan paxta momig‘iga Inspeksiya dalolatnomasini
  • paxta terminalida (omborida) Xaridor va Buyurtmachilarning vakillari bilan paxta momig‘i toylarining sifati va massasi bo‘yicha kelishmovchiliklarini hal qilish, paxta momig‘i yetkazib berilganidan so‘ng Xaridorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish

Ijrochining Buyurtmachilar bilan shartnomalarni tuzishi yangi paxta mavsumini boshlanishi oldidan amalga oshiriladi. Shartnomalarda tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va aniq bajarilgan ishlarga haq to‘lash shartlari ko‘zda tutiladi. Paxta momig‘ini sertifikatlash va toylarni tarozida tortish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash Muvofiqlik sertifikatini yoki (nostandart momiqga) Inspeksiya dalolatnomasini va Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasini berish dalili bo‘yicha bajarilgan ishlar dalolatnomalari va Ijrochi taqdim etgan schot asosida Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

Paxta momig‘ini sertifikatlash xizmatlariga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida amalga oshiriladi.

Paxta momig‘ining toylarini tarozida tortish bo‘yicha xizmatlariga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Paxta tozalash korxonalarida pressdan chiqayotgan har bir toydan momig‘ namunasini olishniIjrochining vakili-namuna oluvchi-tarozibon amalga oshiradi.

Paxta momig‘i toyidan belgilangan tartibda olingan namuna taxminan 100 g. tashkil etadi.

Xududiy laboratoriyada namunalarni identifikatsiyalash uchun har bir olingan namunaga paxta tozalash korxonasining raqami, to‘da raqami va namuna olingan toyning raqami ko‘rsatilgan birka solib qo‘yiladi.Olingan barcha namunalar belgilangan tartibda to‘dalar bo‘yicha qoplarga joylanadi. To‘da doirasidagi namunalarning har bir o‘ramiga namuna oluvchi-tarozibon belgilangan shaklda Namuna olish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

Namunalar o‘rab-joylangandan va Namuna olish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng, namunalar solingan qoplar va ularning muvofiq hujjatlari Ijrochining hududiy laboratoriyasiga yetkaziladi.

To‘da Xaridor tomonidan to‘la-to‘kis qabul qilinib va ortib jo‘natilguniga qadar, sinovdan o‘tkazilgan paxta momig‘i namunalari Ijrochining laboratoriyalarida saqlanadi, ammo saqlash muddati Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati tugashi bilan, namunalar takroriy tanlab olinadi.

Paxta momig‘ining har bir toyini tarozida tortishni paxta tozalash korxonasining presslash sexida Yetkazib beruvchining tarozisida Ijrochining namuna oluvchi-taroziboni va Yetkazib beruvchining vakili amalga oshiradi.

Toyma-toy tarozida tortish natijalari bo‘yicha to‘daga belgilangan shaklda Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bitta nusxadan Yetkazib beruvchi va Buyurtmachilarning vakillariga beriladi. Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasi asosida Tayyorlovchi hisob-sertifikatni (Ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati haqida Tayyorlovchining hujjatini) rasmiylashtiradi.

Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati tugashi bilan, Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasini amal qilish muddati tugaydi.

Yetkazib beruvchining ishlatayotgan tarozilariga qo‘yiladigan muhim talab: ularni yo‘l qo‘yiladigan tortish xatoligi ko‘pi bilan ± 0,5 kg (hisoblash shkalasining bo‘linmalar qiymati ko‘pi bilan 0,2 kg) bo‘lishi kerak. Tarozida tortish natijasi verguldan so‘ng birinchi raqamgacha bo‘lgan aniqlik bilan yozilishi kerak.

Agarda terminalda, portlarda yoki belgilangan punktlarda Buyurtmachi jalb qilgan betaraf nazorat tashkilotlarining vakillari tomonidan to‘dalardagi toylarni qayta tortishlaridagi vazniy farqlari Ijrochi va Yetkazib beruvchining Toyma-toy tortish dalolatnomasida ko‘rsatilgan dastlabki massasidan ± 1,0 kg dan ko‘p bo‘lmagan kattalikka farq qilmasa, Toyma-toy tortish dalolatnomasining ma’lumotlari to‘g‘ri deb hisoblanadi. Bunda Ijrochi va Yetkazib beruvchilarning toyma-toy tarozida tortish natijalari o‘zgartirilmaydi.

Ijrochi va Yetkazib beruvchilarning Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasida ma’lumotlari keltirilgan toy bo‘yicha terminalda toylarning o‘rtacha massasini 1,0 kg dan ko‘p farqlanishi aniqlangan holda, Buyurtmachi bu haqda ularni xabardor qiladi, undan so‘ng Xaridor yoki Buyurtmachining vakili bilan birgalikda tarozida qayta tortishni o‘tkazish uchun Ijrochining vakili 2 ish kuni mobaynida yetib kelishi kerak. Bunda tarozida qayta tortishda Yetkazib beruvchining vakili qatnashish huquqiga ega.Tarozida qayta tortish dalolatnomalari asosida Yetkazib beruvchi Hisob-sertifikatga o‘zgartirishlar kiritadi.

Paxta momig‘ini har bir toyidan olingan namunalarning sinovlari hududiy laboratoriyalarda Ijrochining mutaxassislari tomonidan O‘z DSt 645 ga binoan o‘tkaziladi.

Klasserlik usulida sinash natijasida paxta momig‘ining shtapel uzunligi (tipi), navi va sinfi aniqlanadi, shuningdek paxta momig‘i namunalarida sifat nuqsonlari va begona aralashmalarni (chigit uyalari, chirigan xid va boshq.) mavjudligi aniqlanadi.

Momig‘ning navi va sinfini aniqlash bo‘yicha uni klasserlik usulida baholash olingan namunani belgilangan tartibda tayyorlangan va tasdiqlangan tashqi ko‘rinish namunalari bilan ko‘z yordamida solishtirishdan iborat.

Paxta momig‘ini sinovdan o‘tkazish paytida laboratoriyada Yetkazib Beruvchining vakillarini ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.

Momig‘ni toyma-toy sinash natijalari belgilangan shaklda uch nusxada to‘daning Sinov bayonnomasibilan rasmiylashtiriladi. Sinov bayonnomasi Ijrochi va Yetkazib beruvchilarning vakillari tomonidan imzolanadi, laboratoriya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va hududiy laboratoriya muhri (Xizmat ko‘rsatish belgisi) bilan muhrlanadi.

Sinov bayonnomasi, to‘dani uzil-kesil qabul yoilib olishga rozi bo‘lgan Xaridor tomonidan ham imzolanadi. Buyurtmachi Xaridor tomonidan imzolangan sinov bayonnomasining nusxasini Ijrochining hududiy laboratoriyasiga beradi.

Sinov bayonnomasi asosida paxta momig‘ining har bir sinovdan o‘tkazilgan to‘dasiga Muvofiqlik sertifikatini va uning uchta dublikat-nusxalarini rasmiylashtirish va berishni Ijrochining hududiy laboratoriyadagi vakolatli vakili amalga oshiradi, uni ro‘yxatga oladi va hududiy laboratoriya muhri ( Xizmat ko‘rsatish belgisi) Bilan muhrlaydi.Sertifikatning asl nusxasi (uni terminalga berish uchun) va bitta dublikat-nusxasi Yetkazib beruvchining vakiliga beriladi. Bitta dublikat-nusxasi Sinov bayonnomasi bilan birga Buyurtmachiga yuboriladi, boshqasi hududiy laboratoriyada qoldiriladi.

Muvofiqlik sertifikati o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yoziladi.

Sertifikat ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Paxta momig‘ini saqlash shartlariga rioya qilish sharti bilan Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati 6 oy qilib belgilanadi.

Muvofiqlik sertifikati har bir to‘daga alohida beriladi, bunda to‘daning paxta momig‘ini sifati va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlari belgilangan shaklda Muvofiqlik sertifikatini Ilovasidakeltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishilgan holda Muvofiqlik sertifikati bir nechta to‘dalarga berilishi mumkin.

Paxta momig‘ini terminalga ortib jo‘natishda Yetkazib beruvchi yuk jo‘natish hujjatlariga Muvofiqlik sertifikatining originalini va uning Ilovasini qo‘shib qo‘yishi shart.

Qyidagi hollarda Muvofiqlik sertifikati berilmaydi

  • paxta momig‘ining namunalarida, momiqning navi va sinfini klasser usulida baholashi o‘tkaziladigan rasmiy namunalarida bo‘lmagan butun chigit uyalari, paxtaning kalta momig‘i aralashgan chiqindilar, moylangan va haddan ortiq namlangan momig‘, kuyindi va chirindi xidi yoki o‘zga aralashmalar mavjud bo‘lganida
  • paxta momig‘i muvofiq sanoat navining «Iflos» chegaraviy sinfidan ko‘proq ifloslangan bo‘lsa
  • momig‘ning rangi yoki uni tashqi ko‘rinishi paxta momig‘ining etalon namunalariga muvofiq kelmaganida
  • turli nav va tipdagi toylari bo‘lgan to‘daga
  • toylarni lozim bo‘lgan belgilanishi yo‘qligida, ularning o‘ramini buzilganligi, ifloslanganligida, toylarning sirti suv ta’siridan zararlanganligida, shuningdek paxta momig‘i toyining xujjatlari yo‘q bo‘lganida.

O‘z DSt 604 talablariga javob bermaydigan va yuqorida sanab o‘tilgan alomatlar bo‘yicha Muvofiqlik sertifikatini berilishi mumkin bo‘lmaydigan paxta momig‘i aniqlangan holda, Ijrochi belgilangan shaklda ikki nusxada Nomuvofiqlik haqida Xabarnoma rasmiylashtiradi, ulardan biri Tayyorlovchining vakiliga beriladi, ikkinchisi esa, hududiy laboratoriyada qoladi.

Agarda Buyurtmachi va/yoki Yetkazib beruvchi, Nomuvofiqligi haqida xabarnoma rasmiylashtirilgan paxta momig‘i to‘dasiga Xaridor topgan bo‘lsa, Ijrochi ushbu to‘dani belgilangan tartibda takroriy inspeksiyalanishini o‘tkazadi.

O‘z DSt 604 talablariga javob bermaydigan paxta momig‘i har bir to‘dasining sinovlarini natijalari belgilangan shakda Paxta momig‘ini Inspeksiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, Yetkazib beruvchi va Ijrochining vakillari tomonidan imzolanadi, hududiy laboratoriya boshligi tomonidan tasdiqlanadi va Ijrochining hududiy laboratoriya muhri (xizmat kursatish belgisi) bilan muhrlanadi.

Ushbu paxta momig‘ini qabul qilib olishga roziligi hayoida Xaridorning imzosi qo‘yilgan Inspeksiya dalolatnomasi Muvofiqlik sertifikati o‘rniga, paxta momig‘ining sifati haqidagi hujjati hisoblanadi hamda toylar ichidagi yaroqsizlikdan tashqari, sifati bo‘yicha e’tirozlar bildirish huquqisiz paxta momig‘ini Xaridor tomonidan uzil-kesil qabul qilib olganligi haqida dalolat beradi.

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: