O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Paxta tolasini sertifikatlash bo'yicha yurdik shaxslar bilan ishlah xususiyatlari

28.09.2015

Paxta tolasini majburiy ravishda sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29 avgustdagi PP-456-son qarori bilan tasdiqlangan «Paxta tolasini sertifikatlash va tarozida tortish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi.

Paxta tolasini sertifikatlash qatnashchilari:

Buyurtmachilar – paxta tolasini eksportga va erkin konvertatsiya qilinadigan valutaga sotib olayotgan Respublika ko‘shma korxonalariga yetkazib berishda –O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Tashqi savdo kompaniyalari;

Buyurtmachilar - respublika iste’molchilariga yetkazib berishda– «O‘ZPAXTASANOAT» hududiy aksiyadorlik birlashmalari (HAB);

Xaridorlar - ham chet ellik ham respublika ichidagi xaridorlar bo‘lishi mumkin;

Yetkazib beruvchilar-Tayyorlovchilar - «O‘ZPAXTASANOAT» hududiy aksiyadorlik birlashmalari (HAB) va O‘zbekiston Respublikasining paxta tozalash zavodlari.

Ijrochi - «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi.

Paxta tolasini O‘z DSt 604:2001 «Paxta tolasi. Texnikaviy shartlar» talablariga muvofiq sertifikatlash xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida, talab etilgan akkreditlash sohasiga muvofiq, O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan amalga oshiriladi va bunda tolaning quyidagi SIFAT tavsiflari tasdiqlanadi:

  • Navi (rangi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha);
  • Ifloslanganligi bo‘yicha sinfi;
  • Kodlardagi shtapel uzunligi;
  • Mikroneyr.

Paxta tolasini sertifikatlash xalqaro qo‘llanish amaliyoti bilan tavsiya etilgan 7-sxema bo‘yicha o‘tkaziladi va bunda mahsulotning butun to‘dasi sertifikatlash o'byekti hisoblanadi. Paxta tolasini sertifikatlash uchun to‘dasidan olinadigan tanlanma miqdori 100 % tashkil etadi, bu esa sertifikatlanayotgan mahsulot SIFATini eng katta ishonchlilikda baholashga imkon beradi. Bunda sinovdan o‘tgan paxta tolasining har bir to‘dasiga Muvofiqlik sertifikati beriladi.

 

Paxta tolasini sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Ijrochini Buyurtmachi bilan shartnomalarni tuzishi;
  • har bir toydan namunalar tanlab olish, ularni identifikatsiyalash va Namuna olish dalolatnomasini rasmiylashtirish;
  • Yetkazib beruvchi bilan birgalikda to‘dadagi toylarni tarozida tortish va Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasini rasmiylashtirish;
  • namunalarni sinovdan o‘tkazish va Sinov bayonnomasini rasmiylashtirish;
  • qaror qabul qilish va quyidagilarni rasmiylashtirish va berish:
    1. Paxta terminaliga (omborga) yetkazib berilayotgan va O‘z DSt 604 talablariga muvofiq keladigan SIFATi bir xil paxta tolasi to‘dalariga Muvofiqlik sertifikatini;
    2. O‘z DSt 604 talablariga muvofiq kelmaydigan paxta tolasiga Inspeksiya dalolatnomasini;
  • paxta terminalida (omborida) Xaridor va Buyurtmachilarning vakillari bilan paxta tolasi toylarining SIFATi va massasi bo‘yicha kelishmovchiliklarini hal qilish, paxta tolasi yetkazib berilganidan so‘ng Xaridorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish.

Ijrochining Buyurtmachilar bilan shartnomalarni tuzishi yangi paxta mavsumini boshlanishi oldidan amalga oshiriladi. Shartnomalarda tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va aniq bajarilgan ishlarga haq to‘lash shartlari ko‘zda tutiladi. Paxta tolasini sertifikatlash va toylarni tarozida tortish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash Muvofiyolik sertifikatini yoki (nostandart tolaga) Inspeksiya dalolatnomasini yoki Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasini berish dalili bo‘yicha bajarilgan ishlar dalolatnomalari va Ijrochi taqdim etgan schet asosida Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Paxta tolasini sertifikatlash xizmatlariga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida amalga oshiriladi.

Paxta tolasining toylarini tarozida tortish bo‘yicha xizmatlariga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Paxta tozalash korxonalarida pressdan chiqayotgan har bir toydan namunalar olishni Ijrochining vakili-namuna oluvchi-tarozibon amalga oshiradi.

Paxta tolasinig namunasi taxminan 100-150 g. dan tashkil topadi. Har bir namunaga hudud kodi, paxta tozalash korxonasini kodi va toyning paxta tozalash korxonasidagi biridan biriga o‘tuvchi tartib raqamini o‘z ichiga olgan ma’lumotdan iborat bo‘lgan toy raqamining shtrixli kodi bo‘lgan birkasining yirtma kuponi solib qo‘yiladi.

Identifikatsiyalash uchun, yirtilib olingan va tanlab olingan namunaga solib qo‘yilgan kuponnig birkasi toyning namuna tanlab olingan joyiga solinadi va undan so‘ng toyning ushbu joyi tikib qo‘yiladi. Olingan barcha namunalar belgilangan tartibda to‘dalar bo‘yicha qoplarga joylanadi. To‘da doirasidagi namunalarning har bir o‘ramiga namuna oluvchi-tarozibon belgilangan shaklda Namuna olish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

Namunalar o‘rab-joylangandan va Namuna olish dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng, namunalar solingan qoplar va ularning muvofiq hujjatlari Ijrochining hududiy laboratoriyasiga yetkaziladi.

To‘da Xaridor tomonidan to‘la-to‘kis qabul qilinib va ortib jo‘natilguniga qadar, sinovdan o‘tkazilgan paxta tolasini namunalari Ijrochining laboratoriyalarida saqlanishi kerak, ammo bu saqlanishi Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati tugashi bilan, namunalar takroriy tanlab olinadi.

Paxta tolasini har bir toyini tarozida tortishni paxta tozalash korxonasining presslash sexida Yetkazib beruvchining tarozisida Ijrochining namuna oluvchi-taroziboni va Yetkazib beruvchining vakillari bajaradi.

Toyma-toy tarozida tortish natijalari bo‘yicha belgilangan shaklda Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bitta nusxadan Yetkazib beruvchi va Buyurtmachilarning vakillariga beriladi. Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasi asosida Tayyorlovchi hisob-sertifikatni (Ishlab chiqarilgan mahsulotning SIFATi haqida Tayyorlovchining hujjatini) rasmiylashtiradi.

Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati tugashi bilan Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasini amal qilish muddati tugaydi.

Yetkazib beruvchining ishlatayotgan tarozilariga qo‘yiladigan muhim talab: ularni yo‘l qo‘yiladigan tortish xatoligi ko‘pi bilan ± 0,5 kg (hisoblash shkalasining bulinmalar qiymati ko‘pi bilan 0,2 kg) bo‘lishi kerak. Tarozida tortish natijasi verguldan so‘ng birinchi raqamgacha bo‘lgan aniqlik bilan yozilishi kerak.

Agarda terminalda to‘dalardagi toylarni qayta tortishlaridagi o‘rtacha massasi Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasida ko‘rsatilgan dastlabki o‘rtacha massasidan ± 1,0 kg dan ko‘p bo‘lmagan kattalikka farq qilmasa, Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasining ma’lumotlari to‘g‘ri deb hisoblanadi. Bunda Ijrochi va Yetkazib beruvchilarning toyma-toy tarozida tortish natijalari o‘zgartirilmaydi.

Ijrochi va Yetkazib beruvchilarning Toyma-toy tarozida tortish dalolatnomasida ma’lumotlari keltirilgan toy bo‘yicha terminalda toylarning o‘rtacha massasini 1,0 kg dan ko‘p farqlanishi aniqlangan holda, Buyurtmachi bu haqda ularni xabardor qiladi, undan so‘ng Xaridor yoki Buyurtmachining vakili bilan birgalikda tarozida qayta tortishni o‘tkazish uchun Ijrochining vakili 3 ish kuni mobaynida yetib kelish kerak. Bunda tarozida qayta tortishda Yetkazib beruvchining vakili katnashishi kerak. Tarozida qayta tortish dalolatnomalari asosida Yetkazib beruvchi Hisob-sertifikatga o‘zgartirishlar kiritadi.

Paxta tolasini har bir toyidan olingan namunalarning sinovlari hududiy laboratoriyalarda Ijrochining mutaxassislari tomonidan O‘z DSt 604 ga binoan o‘tkaziladi.

Paxta tolasining namunalari dastlab tez konditsiyalash qurilmalarida quyidagi standart iqlimiy sharoitlarigacha yetkaziladi: - nisbiy namligi 65 ± 2 %; - havo temperaturasi 21 ± 1 0 S; bu sharoitlar HVI xonalarida ham saqlanib turiladi.

Avval operatorlar paxta tolasi namunalarini HVI tizimida sinovdan o‘tkazadilar, so‘ng klassifikatorlar klassyorlik usulida (ko‘z bilan ko‘rib va organoleptik usulda) paxta tolasi namunasining rangi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tashqi ko‘rinish namunalariga muvofiq navi va sinfini aniqlaydilar. Bunda paxta tolasi namunalarida begona aralashmalar (chigit, momiq, moy, xid va x.k.)ni mavjudligi, shuningdek tashqi ko‘rinishini tashqi ko‘rinish namunalariga muvofiqligi aniqlanadi.

Paxta tolasini navi va sinfini klasser usulida baholash paytida laboratoriyada Yetkazib Beruvchining vakillarini ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.

Klassifikator paxta tolasi SIFATini toyma-toy sinovlarining natijalari bo‘yicha belgilangan shakldaSinovlar bayonnomasini rasmiylashtiradi. Unda paxta tolasini O‘z DSt 604 talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqida ham ko‘rsatiladi. Nomuvofiqligi holida Bayonnomada paxta tolasini SIFAT nuqsonlarining kodlari ko‘rsatiladi. Undan so‘ng Bayonnomani hududiy laboratoriya boshlig‘i tasdiqlaydi.

Tolaning SIFAT tavsiflarini O‘z DSt 604 talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan sinovlarning toyma-toy natijalari asosida Yetkazib beruvchi uchtagacha sinfi bo‘lishiga ruхsat etiladigan xili, sanoat va seleksiya navi bo‘yicha bir turdagi tola to‘dalarini jamlaydi, jamlangan to‘daning brutto-massasi, netto-massasi va konditsion massasini aniqlaydi.

Hududiy laboratoriyadagi Ijrochining vakolatli vakili Sinovlar bayonnomasi asosida sinovdan o‘tkazilgan paxta tolasining har bir to‘dasiga Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi, uni ro‘yxatdan o‘tkazadi va hududiy laboratoriya muhri (xizmat kursatish belgisi) bilan tasdiqlaydi. Muvofiqlik sertifikatini asl nusxasi (uni terminalga berish uchun) va bitta dublikat-nusxasi Yetkazib beruvchining vakiliga beriladi. Bitta dublikat-nusxasi Sinov bayonnomasi bilan birga Buyurtmachiga yuboriladi, boshqasi esa hududiy laboratoriyada koladi.

Muvofiyolik sertifikati o‘zbek, rus yoki ingliz tilida to‘ldiriladi.

Sertifikat ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Paxta tolasini saqlash shartlariga rioya qilish sharti bilan Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati 6 oy qilib belgilanadi. .

Muvofiqlik sertifikati har bir to‘daga alohida beriladi, bunda to‘daning paxta tolasini SIFATi va miqdori to’g‘risidagi ma’lumotlari belgilangan shaklda Muvofiqlik sertifikatini Ilovasida keltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishilgan holda Muvofiqlik sertifikati bir nechta to‘dalarga berilishi mumkin.

Paxta tolasini terminalga ortib jo‘natishda Yetkazib beruvchi yuk jo‘natish hujjatlariga Muvofiqlik sertifikatining originalini va uning Ilovasini qo‘shib qo‘yishi shart.

Paxta tolasini bir nechta (ko‘pi bilan uchta) sinfi bor bo‘lgan to‘dalariga Muvofiqlik sertifikatlari (nusxalari) har bir sinfi bo‘yicha alohida beriladi.

Quyidagi hollarda Muvofiqlik sertifikati berilmaydi:

  • paxta tolasining namunalarida, tolaning navi va sinfini klasser usulida baholashi o‘tkaziladigan rasmiy namunalarida bo‘lmagan chigit, momiq, paxtaga birinchi ishlov berish chiqindilari, moylangan tola, haddan ortiq namlangan tola, chirindi xidi yoki o‘zga aralashmalar mavjud bo‘lganida;
  • paxta tolasi muvofiq sanoat navining «Iflos» chegaraviy sinfidan ko‘proq ifloslangan bo‘lsa;
  • tolaning rangi yoki uni tashqi ko‘rinishi paxta tolasining etalon namunalariga muvofiq kelmaganida;
  • o‘rta va uzun tolali paxta tolalari aralashib ketganda;
  • turli sanoat navidagi toylari bo‘lgan to‘daga;
  • toylarni lozim bo‘lgan belgilanishi yo‘qligida, ularning o‘ramini buzilganligi, ifloslanganligida, toylarning sirti suv ta’siridan zararlanganligida, shuningdek paxta tolasi toyining xujjatlari yo‘q bo‘lganida.

O‘z DSt 604 talablariga javob bermaydigan va yuqorida sanab o‘tilgan alomatlar bo‘yicha Muvofiqlik sertifikatini berilishi mumkin bo‘lmaydigan paxta tolasi aniqlangan holda, Ijrochi belgilangan shaklda ikki nusxada Nomuvofiqlik haqida Xabarnoma rasmiylashtiradi, ulardan biri Tayyorlovchining vakiliga beriladi, ikkinchisi esa, hududiy laboratoriyada qoladi.

Agarda Buyurtmachi va/yoki Yetkazib beruvchi, nomuvofiqligi haqida Xabarnoma rasmiylashtirilgan paxta tolasi to‘dasiga Xaridor topgan bo‘lsa, Ijrochi ushbu to‘dani belgilangan tartibda takroriy inspeksiyalanishini o‘tkazadi.

O‘z DSt 604 talablariga javob bermaydigan paxta tolasini har bir to‘dasining sinovlarini natijalari belgilangan shakda Paxta tolasini inspeksiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, Ijrochining vakillari tomonidan imzolanadi, hududiy laboratoriya boshligi tomonidan tasdiqlanadi va Ijrochining hududiy laboratoriya muhri (xizmat kursatish belgisi) bilan tasdiqlanadi.

Inspeksiya dalolatnomasi Muvofiqlik sertifikati o‘rniga, paxta tolasining SIFATi haqidagi hujjati hisoblanadi.

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: