O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Texnik chigitni sertifikatlash bo'yicha yurdik shaxslar bilan ishlah xususiyatlarixususiyatlari

28.09.2015

Texnik chigitni sertifikatlash qatnashchilari:

Buyurtmachilar-«O‘ZPAXTASANOAT» uyushmasining hududiy aksiyadorlik birlashmalari 
Yetkazib beruvchi (Tayyorlovchi)-O‘zbekiston Respublikasining paxta tozalash korxonalari 
Xaridor-Respublikaning yog‘moy korxonalari yoki boshqa yuridik shaxslar 
Ijrochi-«SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi 
Ijrochining chigit laboratoriyalari-Ijrochini paxta tozalash korxonalari hududida joylashgan akkreditlangan hududiy laboratoriyalarining filiallari.

Paxta chigitini majburiy ravishda sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» , 2005 yil 31 martdagi 93-son qaroriga binoan kiritilgan.

Texnik chigitni sertifikatlash «O‘ZSTANDART» Agentligi bosh direktori tomonidan 2005 yil 8 avgustda tasdiqlangan «Texnik chigitni sertifikatlash tartibi»ga binoan amalga oshiriladi.

Paxta chigitini O‘z DSt 596:1993 «Texnik chigit. Texnikaviy shartlar» talablariga muvofiq sertifikatlash xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida, talab etilgan akkreditlash sohasiga muvofiq, O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan amalga oshiriladi va bunda texnik chigitning quyidagi sifat tavsiflari tasdiqlanadi:

  • chigit nuqsondorligi va uning massaviy ulushi bo‘yicha navi, %
  • mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushi, %
  • namlikning massaviy ulushi, %
  • tukdorlikning massaviy ulushi, %

Texnik chigitni sertifikatlash xalqaro qo‘llanish amaliyoti bilan tavsiya etilgan 3-sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. Texnik chigitga Muvofiqlik sertifikatini berish, Tayyorlovchidan olingan texnik chigit namunalarining sinovlari ijobiy natija berganida va bir yo‘la Tayyorlovchining ishlab chiqarishini tekshiruvini o‘tkazish bilan birga O‘zbekiston «SIFAT» markazi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu sxema bo‘yicha Tayyorlovchi korxonasida sertifikatlangan mahsulotni vaqti-vaqti bilan inspeksion nazoratini olib borish ham nazarda tutilgan. Tayyorlovchiga Muvofiqlik sertifikati berilganiga qaramay, O‘zbekiston «SIFAT» markazi har bir ishlab chiqarilgan to‘da bo‘yicha texnik chigit sinovlarini o‘tkazadi hamda chigit sifatiga qarab, Muvofiqlik belgisini qo‘llaydi.

TO‘DA (O‘z DSt 596:1993 bo‘yicha) quyidagicha cheklanadi:

-texnik chigitni temir yo‘l transporti bilan tashilganda – bitta vagon bilan;-sutka davomida bir saqlash yeridan avtomashinalarga ortib olib kelingandagi chigitning miqdori bilan;-sutka davomida bevosita ishlab chiqarishdan transportyorlar bilan yetkazib berilayotgan texnik chigitning miqdori bilan.

 

Texnik chigitni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

-Ijrochini Buyurtmachilar bilan shartnomalarni tuzishi;-har bir to‘dadan namunalar tanlab olish, ularni identifikatsiyalash va Namuna tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirish;-texnik chigit namunalarini sinovdan o‘tkazish va (Muvofiqlik sertifikatini berish oldidan) Tayyorlovchining ishlab chiqarishi holatini tekshirish;-olingan natijalarni tahlil qilish, qaror qabul qilish, Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish yoki uni berishni rad etish;-ishlab chiqarishdan chiqayotgan chigitning har bir to‘dasini sinovdan o‘tkazish, belgilangan tartibda Sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish va berish, Muvofiqlik belgisini qo‘llash;-Tayyorlovchining sertifikatlanayotgan mahsulotini davriy inspeksiya nazoratini olib borish;-texnik chigitning sifati bo‘yicha Tayyorlovchi, Xaridor va Buyurtmachilarning kelishmovchiliklarini hal qilish, mahsulotni yetkazib berishdan oldin va yetkazib berilganidan keyin Xaridorlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish;

Ijrochining Buyurtmachilar bilan shartnomalarni tuzishi yangi paxta hosilini boshlanishidan avval amalga oshiriladi. Shartnomada tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va aniq bajarilgan ishlar uchun haq to‘lash shartlari ko‘zda tutiladi. Texnik chigitni sertifikatlash xizmatlariga haq to‘lash Ijrochi bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida, bajarilgan ishlar va Ijrochi tomonidan taqdim etilgan schet asosida Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

Texnik chigitni sertifikatlash xizmatlariga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va mahsulot tannarxiga kiritilgan narxlarda amalga oshiriladi.

To‘dadan namunalar tanlab olish paxta tozalash korxonasi hududida, to‘da Xaridor tomonidan qabul qilingan kunda, Yetkazib beruvchi va Xaridor vakillarining ishtirokida Ijrochining namuna oluvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Xaridorning vakili yo‘q bo‘lgan holda, paxta chigitidan namunalar tanlab olishni Yetkazib beruvchining ishtirokida Ijrochi amalga oshiradi.

Identifikatsiyalash uchun Ijrochining vakili tanlab olingan texnik chigit namunasini qopqog‘i zich qilib yopiladigan bankaga, yoki pishiq polietilen paketga joylashtiradi va unga namunani identifikatsiyalaydigan maxsus etiketka solib qo‘yadi.

Namuna Ijrochining chigit laboratoriyasiga beriladi, u yerda undan massasi taxminan 2 kg bo‘lgan o‘rtacha namuna ajratib olinadi. O‘rtacha namuna taxminan bir biriga teng ikki qismga – sinash uchun namunaga va namunaning nazorat qismiga ajratiladi. Sinash uchun namuna sinovdan o‘tkaziladi, namunaning nazorat qismi esa belgilangan tartibda 15 kun davomida Ijrochining chigit laboratoriyasida saqlanadi.

Yetkazib beruvchilar yoki Xaridorlar tomonidan kelishmovchiliklar kelib chiqqan holda ular namunaning nazorat qismi bo‘yicha hal etiladi. Aniq teshirilayotgan to‘daga tegishliligini tasdiqlovchi nazorat namunasini saqlanishi va identifikatsiyalanishi uchun mas’uliyat Ijrochiga yuklanadi.

Ijrochining vakili belgilangan shaklda Namunalar tanlab olish dalolatnomasinirasmiylashtiradi, uning nusxalari barcha qatnashuvchi tomonlarga beriladi.

Texnik chigit namunalarini sinovdan o‘tkazishni paxta tozalash korxonalarining hududida joylashgan akkreditlangan chigit laboratoriyalarida Ijrochining vakillari tomonidan olib boriladi.

Texnik chigitning har bir to‘dasini O‘z DSt 596 talablariga muvofiqligini sinash Yetkazib beruvchi va Xaridorlarning ishtirokida Ijrochi tomonidan amalga oshiriladi.

Sinovlar texnik chigitning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • O‘z DSt 597:1993 «Texnik chigit. Nuqsondor chigitni aniqlash usuli» asosida nuqsondor chigitning massaviy ulushi bo‘yicha navi;
  • O‘z DSt 599:1993 «Texnik chigit. Mineral va organik aralashmalarni aniqlash usuli»bo‘yicha mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushi;
  • O‘z DSt 600:1993 «Texnik chigit. Namlikning massaviy ulushini aniqlash usuli» bo‘yicha namlikning massaviy ulushi;
  • O‘z DSt 601:1993 «Texnik chigit. Chigit tukdorligini aniqlash usuli» bo‘yicha tukdorlikning massaviy ulushi

Chigitdagi pestitsid qoldiqlarining miqdori bo‘yicha uni sinash, gigiyenik sertifikatlarini (xulosalarini) berish va taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qaroriga binoan va O‘z DSt 615:1994 «Paxta. Texnikaviy shartlar» ga muvofiq Davlat sanitariya nazoratining hududiy akkreditlangan organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Har bir olib chiqib ketilayotgan to‘da uchun texnik chigit sifatining sinov natijalari bo‘yicha Ijrochi belgilangan shaklda Sinov bayonnomasinirasmiylashtiradi, uni tasdiqlaydi va Ijrochining muhri (Xizmat ko‘rsatish belgisi) bilan muhrlaydi. Ijrochining muhri O‘zbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlarni kelib chiqishi joylarining nomlari to‘g‘risida»gi qonuniga binoan 1999 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasida ro‘yxatga olingan.

Ijrochining texnik chigit sifatini baholashidan rozi ekanligini Yetkazib beruvchi va Xaridorlarning vakillari Sinov bayonnomasini imzolash bilan tasdiqlaydilar.

Yetkazib beruvchi va Xaridor texnik chigit sifatini baholanishidan norozi bo‘lganda apellatsiya berish bilan, ya‘ni sertifikatlash bilan bo‘liq bo‘lgan qanday-dir qarorga shikoyat berish bilan Ijrochiga murojaat etish huquqiga ega.

Yetkazib beruvchi va Xaridor Ijrochining chigit laboratoriyasida yoki Markaziy laboratoriyasida ularning ishtirokida takroriy va paralell sinovlar o‘tkazilishini talab qilishlari mumkin.

Agar takroriy sinov natijasi dastlabkisidan ruxsat etilgan joizliklar oraligida farq qilsa, unda sifatni dastlabki baholanishi to‘g‘ri deb hisoblanadi va qatnashuvchi tomonlar uchun yakuniy hisoblanadi. Aks holda takroriy sinov natijasi yakuniy baho deb hisoblanadi.

Ijrochi ruxsat etilgandan yuqori bo‘lgan farqlanish sabablarini tahlil qiladi, zarurat bo‘lganda, belgilangan tartibda takroriy farqlanishlarni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.

Ijrochi Sinov bayonnomalarini rasmiylashtirishda Muvofiqlik belgisini qo‘llaydi.

Bunda:

  • texnik chigitning sifat ko‘rsatkichlari O‘z DSt 596 talablariga muvofiq kelgan holda, Ijrochinini o'zi ushbu to‘dani barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha muvofiyoligini sertifikatlashdan o‘tganligini tasdiqlovchi Muvofiqlik sertifikatini tartib va reyestr raqamini, shuningdek Muvofiqlik belgisini ushbu chigit to‘dasining Sinov bayonnomasiga kiritadi.
  • texnik chigitning sifat ko‘rsatkichlari O‘z DSt 596 talablariga muvofiq kelmagan holda, Ijrochi tomonidan ushbu chigit to‘dasining Sinov bayonnomasiga Muvofiqlik belgisi qo‘yilmaydi.

Sinov bayonnomasining bir nusxasi to‘dani qabul qilib olayotgan Xaridorning vakiliga beriladi va tekshirilgan to‘dani yog‘moy korxonalariga tashishda texnik chigitning sifati haqida qo‘shib yuboriladigan hujjati hisoblanadi.

Sinov bayonnomasining ikkinchi nusxasi Yetkazib beruvchiga beriladi, uchinchi nusxasi esa Ijrochining hududiy laboratoriyasiga beriladi.

Xaridor qabul qilib olayotgan to‘da qismlarga bo‘lib (bir nechta avtotransport vositalarida) jo‘natilayotgan bo‘lsa, to‘daning har bir qismiga Sinov bayonnomasining dublikati beriladi, bunda Xaridor paxta tozalash korxonasida alohida transport birligidan uning tanlovi bo‘yicha olingan namunaning birgalikdagi tahlili o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega.

Jo‘natilayotgan to‘daning bir qismiga berilayotgan Sinov bayonnomasining har bir dublikatida Ijrochi sifat natijalarini takrorlab ko‘rsatadi, aniq transport vositasining rekvizitlarini va «Yuk xati» raqamini, shuningdek olib chiqib ketilayotgan texnik chigitning Yetkazib beruvchi va Xaridorlar bilan kelishilgan haqiqiy va konditsion massasi bo‘yicha ma’lumotlarni keltiradi.

O‘z DSt 596 talablariga javob bermaydigan texnik chigit aniqlangan holda, aniqlangan nomuvofiqliklar haqidagi yozuvlar Sinov bayonnomasiga kiritiladi.

Sinov bayonnomasiga kiritilgan muvofiq yozuvlar va Muvofiqlik belgisini yo‘qligi aniqlangan chigit hajmiga Muvofiqlik sertifikatini tarqatilmasligini bildiradi.

Ijrochi Tayyorlovchining ishlab chiqarishi tekshiruvini o‘tkazgandan so‘ng, shuningdek ishlab chiqarilgan chigitni O‘z DSt 596 talablariga muvofiq kelishining nazorat sinovlarini o‘tkazgandan so‘ng, Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi va belgilangan tartibda uni har bir paxta tozalash korxonasiga beradi.

Texnik chigitning Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati 3 yil qilib belgilangan.

Muvofiqlik sertifikati o‘zbek yoki rus tilida yoziladi.

Ijrochi tomonidan rasmiylashtirilgan va berilgan barcha Muvofiqlik sertifikatlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimining Davlat reyestrida ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olish raqamlari bo‘lgan Muvofiqlik sertifikatlari haqiqiy hisoblanadi.

Quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘z DSt 596 talablariga javob bermaydigan texnik chigit hajmlarigaMuvofiqlik belgisi tarqatilmaydi:

- nuqsondor chigitning massaviy ulushi IV nav uchun chegaraviy me’yoridan ortiq bo‘lganda;- texnik chigit to‘dasida chirigan xid, suv ta’siridan zararlanish yoki begona aralashmalar mavjud bo‘lganda;- namlik va tukdorlikning massaviy ulushi chegaraviy me’yoridan yuqori bo’lganda;- gigiyenik sertifikatlar (hulosalar) asosida chigitni pestitsid qoldiqlari miqdorining me’yorlariga muvofiq bo‘lmaganda.

 

Bunda, nomuvofiqliklari ko‘rsatilgan Sinov bayonnomasi asosida Ijrochining vakolatli vakili belgilangan tartibda to‘daga Inspeksiya dalolatnomasini rasmiylashtiradi, u Yetkazib beruvchi va Ijrochilarning vakillari tomonidan imzolanadi, undan so‘ng u akkreditlangan hududiy laboratoriyaning mas’ul vakili tomonidan tasdiqlanadi hamda Ijrochining hududiy laboratoriyasini haqiqiy muhri (Xizmat ko‘rsatish belgisi) bilan muhrlanadi.

Xaridorning ushbu texnik chigitni qabul qilib olishga rozi ekanligi to‘g‘risida imzosi bo‘lgan Inspeksiya dalolatnomasi Muvofiqlik sertifikati o‘rniga texnik chigit sifati haqida hujjati hisoblanadi hamda sifati bo‘yicha e’tirozlar berish huquqisiz ushbu texnik chigitni Xaridor tomonidan yakuniy qabul qilib olganligini tasdiqlaydi.

Inspeksiya dalolatnomasini originali Buyurtmachiga beriladi. Bitta nusxasi Yetkazib beruvchiga, ikkinchi nusxasi Xaridorga beriladi, uchinchi nusxasi esa Ijrochida qoldiriladi

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: