O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Paхta tolasining sinovlari

28.09.2015

Ozbekiston «SIFAT» markazida paхta tolasining sinovlari klassyorlik usulida va HVI. tizimlarida bajariladi..

Klassyorlik usulida paхta tolasining navi, sinfi va tipi aniqlanadi. Navi va sinfi O‘z DSt 629-95ga muvofiq jihozlangan klassyorlik хonasida‚ sun’iy yoritilgan sharoitda sinalayotgan namunani tasdiqlangan tashqi ko‘rinish namunalariga solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Klassyorlik хonasiga tashqaridan yorug‘lik tushmasligi kerak. Stolning ish uzasini yoritish uchun spectral tavsiflari 7500°К rang temperaturasiga muvofiq bo‘lgan‚ ish stoli uzasini 500-1200 luks bilan yoritilishini ta’minlaydigan luministsent lampalar qo‘llaniladi. Klassyorlik хonasidagi yoritqichlarni joylashishi‚ devorlari‚ shipi va polining rangi standart talablariga muvofiq kelishi kerak. Tipi klassifikator tomonidan qo‘lda tortilgan shtapelni ko‘z bilan ko‘rib aniqlanadi.

HVI tizimi paхta tolasining quyidagi ko‘rsatkichlarini o‘lchaydi:

  • mikroneyr
  • tolani rangi (nur qaytarish koeffitsienti (Rd) va sarg‘ishlik darajasi (+b) bo‘yicha aniqlanadigan rangi bo‘yicha navi)
  • tresh kod orqali ifodalangan paхta tolasining iflosligi, yoki iflos aralashmalar maydoni (Area)
  • tolaning uzunligi(UHM)
  • uzunlik bo‘yicha bir hillik indeksi(UI)
  • kalta tolalar indeksi (SFI)
  • solishtirma uzilish kuchi
  • uzilishdagi uzayishi

O‘zbekiston «SIFAT» markazining laboratoriyalarida 35ta Uster HVI 900 SA yarim avtomatik tizimlari o‘rnatilgan. Tizim kompyuteri sinovlarni avtomatlashtirilgan holda tez va ishonchli o‘tkazilishini‚ modullarni kalibrlash va diagnostika qilishni ta’minlaydi. Sinovdan o‘tkazilayotgan parametrlarni o‘lchashda ishlashi va moslashuvchanligini soddalashtirish uchun barcha funksiyalar mikroprotsesor orqali nazorat qilinadi.

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: