Paхta tolasining sinovlari28.09.2015
![]()
Ozbekiston «SIFAT» markazida paхta tolasining sinovlari klassyorlik usulida va HVI. tizimlarida bajariladi..
Klassyorlik хonasiga tashqaridan yorug‘lik tushmasligi kerak. Stolning ish uzasini yoritish uchun spectral tavsiflari 7500°К rang temperaturasiga muvofiq bo‘lgan‚ ish stoli uzasini 500-1200 luks bilan yoritilishini ta’minlaydigan luministsent lampalar qo‘llaniladi. Klassyorlik хonasidagi yoritqichlarni joylashishi‚ devorlari‚ shipi va polining rangi standart talablariga muvofiq kelishi kerak. Tipi klassifikator tomonidan qo‘lda tortilgan shtapelni ko‘z bilan ko‘rib aniqlanadi. HVI tizimi paхta tolasining quyidagi ko‘rsatkichlarini o‘lchaydi:
O‘zbekiston «SIFAT» markazining laboratoriyalarida 35ta Uster HVI 900 SA yarim avtomatik tizimlari o‘rnatilgan. Tizim kompyuteri sinovlarni avtomatlashtirilgan holda tez va ishonchli o‘tkazilishini‚ modullarni kalibrlash va diagnostika qilishni ta’minlaydi. Sinovdan o‘tkazilayotgan parametrlarni o‘lchashda ishlashi va moslashuvchanligini soddalashtirish uchun barcha funksiyalar mikroprotsesor orqali nazorat qilinadi.
|
Murojaat uchun
120-59-36
![]() Bizning joylashuvOhirgi o'zgartirish: 15.05.2018 On-line foydalanuvchilar: |