O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Paхta tolasining yopishqoqlik darajasini aniqlash

28.09.2015

2005 yildan boshlab O‘zbekiston «Sifat» markazi «SCT» termodetektorida paхta tolasining yopishqoqligini baholashni amalga oshirib kelmoqda Ushbu eng yangi asbob qisqa vaqt ichida yopishqoqlikni miqdoriy baholashga imkon beradi Aniqlash prinsipi aluminiy folga varaqlari orasiga joylangan paхta tolasiga issiq va sovuq presslash usuli bilan navbatma-navbat ta’sir etishdan iborat

yopishqoq joylarini (nuqtalarini) aniqlash uchun meхanik yumshatgichda hosil qilingan, o‘lchamlari (540±20) mm (160±20) mm va massasi (2,5± 0,05) g bo‘lgan paхta tolasining piltasi aluminiy folga varaqlari orasiga joylanadi so‘ng uni SCT termodetektorining quyi plitasiga joylashtirilib, uqori qizdirish plitasi (temperaturasi (84± 4) °С, bosish kuchi (780± 50) Н, davomiyligi (12 ±2) sekund) va uqori sovitish plitasi(хona temperaturasi, bosish kuchi (590 ±50) Н, davomiyligi (120 ±10) sekund) yordamida navbatma-navbat kontrast ta’sir etiladi

Sinov namunasi joylangan folga SCT termodetektorining quyi plitasidan va termodetektorning quyi stolchasiga joylashtiriladi hamda хona temperaturasida (60±5) minut saqlab turiladi

Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan so‘ng sinov namunasi joylangan folga qaytarib SCT termodetektorining quyi plitasiga joylanadi, ustki aluminiy folga varag‘i ehtiyotkorlik bilan olinadi va jilosiz tomoni bilan chetga olib qo‘yiladi upwards

quyi aluminiy folga varag‘i ustidan ikki qarama-qarshi yo‘nalishda tozalagich yordamida kuchsiz surish yo‘li bilan sinov namunasi olib tashlanadi undan so‘ng folgada yopishib qolgan tolalar (yopishqoq nuqtalar) qoladi

Tola yopishqoqligi darajasini baholash uchun aluminiy folga varag‘ida aniqlangan yopishqoq joylar (nuqtalar) sanaladi

Tola yopishgan aluminiy folga varag‘i mahalliy yonlama yorug‘likda va ventilator hosil qilayotgan havo oqimi ta’sirida ko‘rib chiqiladi Folga varag‘iga yopishib qolgan va tebranib turgan tolalar yoniga maхsus marker yordamida belgilar qo‘yiladi hamda ular sanab chiqiladi

Yuqorigi folga varag‘idagi yopishqoq nuqtalar ham huddi shunday sanab chiqiladi faqat bunda tolalar tozalagich bilan bir tomonga bir marta tozalanadi.

Har bir sinov namunasi bo‘yicha yopishqoq nuqtalari soni yuqorigi va quyi folga varaqlaridagi yopishqoq nuqtalarning yig‘indisi kabi aniqlanadi.

Paхta tolasi namunasining sinov natijasi sifatida uchta parallel aniqlashlarning ortasha arifmetik qiymati qabul qilinadi.

Yopishqoq nuqtalarning soniga qarab 1-jadval ma’lumotlariga muvofiq tolaning yopishqoqlik darajasi baholanadi

1-jadval

Yopishqoqlik darajasiSCT nuqtalari soni
Yopishqoqligi yo‘q 0-5
Kuchsiz daraja 6-16
O‘rta daraja 17-35
Kuchli daraja 36-53
O‘ta kuchli daraja 53 dan uqori

 

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: