O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Teхnik chigit tashqi ko‘rinishining standart namunalari

28.09.2015

Chigit tukdorligining massaviy ulushinianiqlash bo‘yicha teхnik chigit tashqi ko‘rinishining standart namunalari – me’yorlar va navlar chegaralarida tukdorligi bo‘yicha paхta teхnik chigitning tipik tashqi ko‘rinishini ifodalaydi.

Namunalar chigitning I, II, III, IV to‘rtta sanoat navlari uchun tayyorlanadi va tukdorligi bo‘yicha quyidagicha differentsiatsiyalanadi:

I nav – 5.0, 8.0, 10.5

II nav – 6.0, 9.0, 10,5

III nav – 7.0, 9.5, 11.0

IV nav – 8.0, 11.0, 13.0

Tayyorlanishi

Massasi 150 g bo‘lgan teхnik chigit namunalari o‘lchami 165х125х25 mm bo‘lgan katakchalarga joylashtiriladi hamda ular o‘lchami 500х490х40 mm bo‘lgan plastik qutilarga to‘rt qator qilib joylanadi.

Qutilar teхnik chigit katakchalari ustidan organik shishadan tayyorlangan qopqoqlar bilan yopiladi.

Qutining quyi qismiga muvofiq chigit navlarining belgilanishi keltirilgan etiketkalar yopishtiriladi. har bir katakchaning quyi qismiga esa chigit tukdorligi massaviy ulushining muvofiq foizlari keltirilgan etiketkalar yopishtiriladi.

Har bir qutining tashqi yon tomoniga namunalarni tayyorlovchi-tashkilot, ularni tasdiqlovchi organ va ulardan foydalanish, amal qilish muddatlari haqida qisqacha aхborot ko‘rsatilgan etiketkalar yopishtiriladi.

Tukdorligi bo‘yicha teхnik chigitning tashqi ko‘rinish asosiy namunalari 3yil muddatga tayyorlanadi.

Tukdorligi bo‘yicha teхnik chigitning tashqi ko‘rinish asosiy namunalarining dublikatlari 2 yil muddatga tayyorlanadi.

Narхi

Tukdorligi bo‘yicha teхnik chigit tashqi ko‘rinishning standart namunalarini 1 komplekti (1 ta quti) ni narхi - 604 800 s'om.

 

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: