O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

O'zbekiston"SIFAT" markazi Rahbariyati

13.09.2016

O’zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash  "Sifat" markazi rahbariyati

 Bosh direktor

Bayhanov Baxtiyar Ashrobidinovich  

 1966 yil Andijon shaxrida tug’ilgan, oliy ma’lumotli,  texnika fanlari doktori,  professor. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutini 1990 yili tamomlab, mexnat faoliyatini  Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida texnik-muhandis bo’lib boshlagan.   1992  yilda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida aspirant, kichik ilmiy hodim lavozimlarida ishladi.  1997 yildan Respublika “SIFAT” boshqarmasida o’quv markazi bo’limining bosh mutaxassisi, bo’lib boshlig’I vazifasini bajaruvchi bo’lib ishlagan. 1998 yildan O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazida hududiy laboratoriyani nazorat qilish guruhining boshlig’I, markaziy laboratoriya boshlig’I, toylar massasini nazorat qilish bo’lim boshlig’i lavozimlarida ishladi. 2009 yildan 2010 yilga qadar O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" Samarqand hududiy laboratoriya boshligining o’rinbosari-HVI tizimida sifatni nazorat qilish bo’limining boshlig’i bo’lib ishlagan. 2010-2012 yillarda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" Markazida metrologiya, ITI va standart namunalar tayorlash bosharmasi boshlig’I bo’lgan. 2014 yildan 2015 yilga qadar “Paxtasanoat ilmiy markazi” OAJ direktorining ilmiy ishlar bo’yicha muovini bo’lgan. 2015 yildan O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi Bosh direktorining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlagan. Bugungi kunda O'zbekiston "Sifat" markazining Bosh direktori. Oilali, to’rt nafar farzandi bor.

Funktsional majburiyatlari

Markazning faoliyatini umumiy boshqaruvini yagona boshqaruv asosida olib boradi; markazning vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha  qaror qabul qiladi  va markazga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha shaxsiy javobgar;  zaruriyat bo’yicha tuzilmaga o’zgartirishlar  kiritadi, markaziy apparatning  umumiy belgilangan xodimlarning  soni  ichida shtat jadvalini  tasdiqlaydi, shuningdek markaziy apparatni va uning hududiy laboratoriyalarining  harajatlar smetasini;  belgilangan tartibda markaziy apparati  va uning bo’linmalarining xodimlarini mansabdan bo’shatadi va  tayinlaydi.

Bosh direktor  quyidagi bo’linmalar ustidan to’g’ridan to’g’ri nazoratni olib boradi:  iqtisodiyot va moliya boshqarmasi;  xodimlar bo’limi;  yuridik bo’lim; devonxona;

 

Qabul vaqti - Har kuni soat 9-00 dan 11-00 gacha.

 

kontakt telefoni: (+99871) 120-59-10
faksi:(+99871) 120-30-97

e-mail: info@sifat.uz 


 

Bosh direktorning birinchi o’rinbosari

Kamiljanov Alisher Alimdjanovich 

1976 yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug’ilgan, oliy ma’lumotli, Toshkent Davlat Agrar Universitetini 1998 yili tamomlab, shu yili mexnat faoliyatini O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" markazi, Moliya va hisob-kitob boshqarmasida, 1-toifa mutaxassisi  bo’lib boshlagan.   200-2001 yillarda Harbiy xizmatni o’tab, 2001-2017  yillarda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazida Toshkent hududiy laboratoriyasining yetakchi mutaxassisi- HVI operatori, bosh mutaxassis, boshliq o’rinbosari, Paxta tolasi toylarini sertifikatlash boshqarmasi boshlig’i, Toshkent hududiy laboratoriyasi boshlig’i lavozimlarida ishlagan. Undan tashqari, 2002-2004 yillarda “LERMENEGEMENTLIC” firmasida menejer-klassifikator, 2009 yilda “Toshkent paxta trans ” MCHJ ning raisi, 2017-2018 yillarda “Toshkent mintaqaviy paxta terminali” MCHJ direktori bo’lib ishlagan. Bugungi kunda O’zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash  "Sifat" markazi Bosh direktorining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Funktsional majburiyatlari

Paxta mahsulotlarni sertifikatsiyasini amalga oshirish va toylarning vazni nazorati bo’yicha hududiy bo’linmalarning,  paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish faoliyatlarini umumiy rahbarligini olib boradi.

Quyidagi bo’linmalar ustidan to’g’ridan to’g’ri nazoratni olib boradi: paxta tolasini sertifikatsiyasi, toylarni tortish boshqarmasi;  metrologiya, ilmiy tadqiqot ishlari va standart namunalar boshqarmasi; kadrlar tayyorlash  kurslari; ishlab chiqarish, texnik ta’minot va informatsion tizimlar boshqarmasi; paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi;

 

Qabul vaqti - Har kuni soat 9-00 dan 11-00 gacha.

 

Kontakt telefoni: (+99871)  120-66-81
faksi:(+99871) 120-30-97 
e-mail:info@sifat.uz

 


Bosh direktor maslaxatchisi

Maksudov Erkin Tohtaevich

 1941 yil Toshkent shaxrida tug’ilgan, oliy ma’lumotli,  texnika fanlari doktori,  professor. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutini 1963 yili   tamomlab, mexnat faoliyatini  Yangiyo’l paxta tozalash korhonasida usta lavozimidan boshladi.  Harbiy xizmatni o’tab Paxta sanoati markaziy ilmiy - tekshirish institutida kichik ilmiy xodim, katta muxandis, aspirant, o’rta tolali paxtani qayta ishlash bo’limi boshlig’i,  arrali jinlash, tolani  tozalash  va tolali chiqindilarni qayta ishlash laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishladi. 1990  yildan “Paxtasanoat” ilmiy markazining  bosh direktori. 1998 yildan O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktori, “Paxtasanoatilm“ ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi ilmiy ishlab chiqarish markazi  direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, bosh direktori, boshqaruv raisining o’rinbosari lavozimlarida ishladi. 2003 yildan 2014 yilga qadar O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktorning birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Bugungi kunda 2014 yildan  O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" O’zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktor maslaxatchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Funktsional majburiyatlari

Paxta mahsulotlarni sertifikatsiyasini amalga oshirish va toylarning vazni nazorati bo’yicha hududiy bo’linmalarning,  paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish faoliyatlarini umumiy rahbarligini olib boradi.

Quyidagi bo’linmalar ustidan to’g’ridan to’g’ri nazoratni olib boradi: paxta tolasini sertifikatsiyasi, toylarni tortish boshqarmasi;  metrologiya, ilmiy tadqiqot ishlari va standart namunalar boshqarmasi; kadrlar tayyorlash  kurslari; ishlab chiqarish, texnik ta’minot va informatsion tizimlar boshqarmasi; paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi;

 

Qabul vaqti - Har kuni soat 9-00 dan 11-00 gacha.

 

Kontakt telefoni: (+99871) 120-59-10
faksi:(+99871) 120-30-97 
e-mail:info@sifat.uz

 

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: