O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

«Deloyt» bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

26.01.2018

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Deloyt» konsalting kompaniyasining Qozog’istondagi departamenti rahbari Kristofer Armitaj, departamentning Kaspiy mintaqasidagi “raqamli strategiya”ni ishlab chiqishga mas’ul «Deloyt» MDH mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to’g’risidagi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi. 

Uchrashuvda «Deloyt» kompaniyasi bilan bu yo’nalishda hamkorlik qilish va sohani xalqaro tajribani hisobga olgan holda, AKT ni uzoq muddatga mo’ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Aytish joizki, mazkur konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, «elektron hukumat»ni joriy qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash, sohada innovatsiyalarni tatbiq etish, pochta, logistika hamda elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy qilish, shuningdek, ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullarini ilgari surish kabi maqsadlar ko’zda tutilgan bo’lishi lozim.

Buyuk Britaniyaning Deloitte/«Deloyt» — konsalting va audit xizmatlarini ko’rsatuvchi jahonning yirik tarmoqlashgan kompaniyasi bo‘lib, auditorlik yo‘nalishida “peshqadam to‘rtlik”ka kiradi, xodimlar soniga ko’ra eng yirik professional (263 000 nafar) kompaniya hisoblanadi.

Manba: mitc.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: