O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hamkorlik jamg’armasi AKT sohasi uchun kredit ajratadi

29.03.2018
  • Iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hamkorlik jamg’armasi AKT sohasi uchun kredit ajratadi

    Vazirlikda Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hamkorlik jamg’armasi (Economic Development Cooperation Fund(EDCF) delegatsiyasi hamda vazirlik rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda qayd etilgani kabi, axborot texnologiyalari, yangi texnologiyalarni o’zlashtirish hamda joriy qilish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi va barqaror rivojlanish sur’atini ta’minlovchi muhim omillar safiga qo’shilib bo’ldi.

Janubiy Koreya hukumati tomonidan 1987 yilda asos solingan Iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hamkorlik jamg’armasi ayni paytda ko’plab rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqin iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’ygan.

Jamg’armaning faoliyat yo’nalishi va loyihalarni O’zbekistonda ham joriy qilish mamlakat iqtisodiyoti va o’zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shuni hisobga olib, uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik yo’nalishlarini belgilab oldilar.

Xususan, uchrashuvda Iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hamkorlik jamg’armasi O’zbekistonga yo’naltiradigan 500 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag’i evaziga amalga oshiriladigan yangi loyihalar muhokama qilindi.

Shunday loyihalardan biri Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida kovorking markazlarini tashkil qilish tashabbusidir. Bunday markazlarda muntazam ravishda sarmoyador va g’oya egasi ishtirokida muhokamalar, shuningdek mashg’ulot va seminarlar o’tkazish mumkin bo’ladi.

Uchrashuvda har ikki tomon AKT sohasida istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildilar.

 

Manba: Axborot xizmati

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: