O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi qonunning yangi tahrir targ'ib qilinmoqda

22.10.2017
  • "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi qonunning yangi tahrir targ'ib qilinmoqda

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi qonunning yangi tahrir targ'ib qilinmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida xodimlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" gi qonuni targ'ibotiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur hujjat davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Seminarda 2014 yilda qabul qilingan qonunga yaqinda kiritilgan o‘zgarishlar ta'kidlandi. Jumladan, fuqaroning elektron murojaatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashi bekor qilingani qayd etildi. 

Shuningdek, Qonunning 3-moddasida ariza, taklif, shikoyat kabi asosiy tushunchalardan tashqari elektron murojaat, takroriy murojaat, anonim murojaat, murojaatning dublikati, ommaviy qabul, videokonferensaloqa hamda davlat ishtirokidagi tashkilot kabi tushunchalar ham kiritildi.

Belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaatga elektron murojaat deb ta'rif berilgan.

Qonunga kiritilgan yana bir, muhim yangilik sifatida xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalarning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berilishi, Davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining virtual qabulxonalarini tashkil etish tartiblarining belgilanishini aytish mumkin.

Bundan tashqari, seminarda murojaatlarni ko'rib chiqishda qonuniylik; murojaatlarni o'z vaqtida va to‘liq ko'rib chiqish; murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi; jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi; murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo'l qo'yilmasligi kabi tushunchalarga izoh berildi.

Shuningdek, Qonunga kiritilgan yana bir, muhim yangilik sifatida xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalarning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berilishi, Davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining virtual qabulxonalarini tashkil etish tartiblari 2-bobda aniq belgilab berildi.

Qayd etilganidek. fuqaro murojaatlarni ko'rib chiqish muddati o'zgarishsiz qolgan va 15 ish kunini, ehtiyoj tug‘ilsa, bir oygacha davom etishi mumkin.

Manba: www.ccitt.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: