O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

O’zbekiston va Afg’oniston qator hujjatlarni imzoladi

06.12.2017

    O’zbekiston va Afg’oniston xavfsizlik masalalari bo’yicha komissiya tashkil etish, Termizda Afg’oniston konsulxonasini ochish, Afg’onistonda elektr uzatish va temir yo’l qurilishi to’g’risida kelishib oldi.

    O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg’oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G’ani hamda ikki davlat delegatsiyalarining Ko’ksaroy qarorgohida bo’lib o’tgan muzokaralari yakunlari bo’yicha 20 ta hujjat imzolandi, deya xabar qildi O’zA. Davlat rahbarlari Qo’shma bayonotni ham qabul qildi.

    «Ochiqlik, o’zaro hamfikrlik, do’stona va amaliy ruhda o’tgan muzokaralar chog’ida muhokama qilingan barcha masalalar bo’yicha yondashuv va qarashlarimiz yaqin va o’xshash ekanligi namoyon bo’ldi», - dedi Shavkat Mirziyoyev matbuot anjumanida.

     U Afg’oniston rahbarining O’zbekistonga tashrifini tarixiy hodisa deb atab, endilikda o’zaro tashriflar ko’proq bo’lishiga ishonch bildirdi. «Hamkorligimizning dolzarb mavzulari ko’rib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurash, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Tomonlar O’zbekiston va Afg’oniston o’rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik bo’yicha qo’shma komissiya tashkil etish to’g’risidagi bayonnomani imzoladi. O’zbekiston Prezidentining ta’kidlashicha, mazkur komissiya ikki davlat rahbarlariga tavsiya va takliflar taqdim etish vakolatiga ega bo’ldi.

    Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida Afg’oniston konsulxonasini ochish to’g’risidagi kelishuvga erishilganini ham ma’lum qildi.

    Muzokaralarda asosiy e’tibor transport va energetika infratuzilmalarini rivojlantirishga qaratildi. «Surxon-Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi O’zbekiston mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Biz, shuningdek, «Mozori Sharif-Shibirg’on-Maymana-Hirot» temir yo’lini barpo etish bo’yicha bitimni ham imzoladik", — deya ma’lum qildi O‘zbekiston Prezidenti.

    «Mazkur ikki hujjat ulkan tarixiy ahamiyatga ega», - deya ta’kidladi u. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqishni tezlashtirish uchun maxsus komissiya tashkil etilib, o’zbek va afg’on tomonidan mutasaddi shaxslar belgilandi.

    Muhammad Ashraf G’ani O’zbekiston Prezidentiga minnatdorchilik bildirib, Shavkat Mirziyoyevni Prezident lavozimiga saylanganiga bir yil to’lishi munosabati bilan tabrikladi.

    Muhammad Ashraf G’ani O’zbekistonning mintaqaviy hamkorlik, jumladan Afg’oniston bilan aloqalar bo’yicha pozitsiyasini qarshi oldi.

    Afg’oniston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Afg’onistonga rasmiy tashrif bilan borishga taklif qildi.

    O’zA ma’lumotlariga ko’ra, tashrif doirasida umumiy qiymati 500 mln dollardan ziyod miqdordagi 40 dan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

gazeta.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: