O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

O'zbekiston “Sifat” markazi Milliy Matbuot markazida press-konferensiya o'tkazdi

09.08.2017

     O'zbekiston “Sifat” markazi Milliy Matbuot markazida press-konferensiya o’tkazdi

     Press-konferensiya “Paxta tolasini sinash va sertifikatlash tizimini rivojlantirish yo’nalishlari” mavzusida bo’lib o’tdi. O’zbekiston “Sifat” markazi bosh direktorining birinchi o’rinbosari B.A.Bayxanov o’z ma’ruzasi bilan konferensiyani ochib berdi. Tabiiyki ma’ruza press-konferensiyaning asosiy mavzusi-paxta tolasini sinash va sertifikatlash tizimlari va ularni rivojlantirish haqida bo’lib,  unda O’zbekiston “Sifat” markazining tashkil etilishi, uning faoliyati va vazifalari, bugungi kunda markaz tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlari, O’zbekiston Respublikasida paxta tolasini standartlashtirish, klassifikatsiyalash va sinov usullarini rivojlantirish bo’yicha olib borilgan ishlar, 2016 yil hosili yakunlari, O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan paxta tolasi sifat ko’rsatkichlari hamda “Sifat” markazida kadrlar tayyorlash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga bevosita to’xtalib o’tildi.

     Jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga markaz bosh direktorining birinchi o’rinbosari B.A.Bayxanov, boshqarma boshlig'i X.X. Aminov va markazning tegishli yo’nalishlar bo’yicha mutaxassislari R.M.Murodov va U.R.Safarov tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

O'zbekiston "Sifat" markazi

 

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: