O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Parlament elektron format ko'rinishida

29.09.2017

O’zbekistonda Harkatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, “Elektron parlament tizimi shakillantirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi tomonidan axborot sohasi ekspertlari ishtrokida o’tkazilgan davra suxbatida uning asosiy yo’nalishlari muhokama qilindi.

Mutaxassislar qayd etganidek, mazkur tizim mamlakatni moderinizatsiya qilish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishga xizmat qiladi. “Elektron parlament” parlament va saylovchilar o’rtasida samarali muloqotni yo’lga qo’yishga, joylarda vakillik organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashga, ijro hokimiyati organlari ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o’rnatishga imkon yaratadi. Shu bilan birga, u parlament faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash, uning shaffofligini ta’minlash hamda samaradorligini oshirishga yo’naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Davra suhbati ishtrokchilari parlamentning axborot tizimlari, undan qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil jarayonida samarali foydalanish holati masalalarini atroflicha tahlil etishdi. Oliy majlis palatalari rasmiy saytlarining texnik va servis imkoniyatlari batafsil o’rganildi. Ayni chog’da “Elektron parlament” tizimini joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasi haqida ma’lumotlar berildi.

-Mazkur loyihada sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzililmasi, axborot tizimlari va axborot resurslarini ishlab chiqish va joriy qilish, axborot-namoyish faoliyati kabilar qamrab olingan,- deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev. Ushbu yo’nalishda, aytish o’rinliki, xalqaro tajriba o’rganildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi milliy parlamentni yanada samarali va shaffof qilishga, saylovchilar bilan muloqot o’rnatish sifatini oshirishga, fuqarolik jamiyati oldida vakillik organlari hisobdorligining yangi amaliy mexanizmlarini yaratishga xizmat qiladi.         

Manba: parliament.gov.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: