O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Paxta mashinalarda teriladi

11.10.2017

Paxta mashinalarda teriladi

O‘zbekiston paxta maydonlarini qisqartirish, hosilni mashinalarda yig‘ib olish darajasini oshirishda davom etadi. Fuqarolarning mehnat huquqini himoya qilishni kuchaytirish uchun parlament komissiyasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan 12-yalpi yig‘ilishda fuqarolarning kafolatlangan mehnatga oid huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Qoraqalpog‘iston Jokargi Kenesi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining hududiy komissiyalari tashkil etildi.

Parlament komissiyasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, shuningdek majburiy mehnatdan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik va ogohlantirish bilan bog‘liq O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro shartnomalar ijrosi bo‘yicha faoliyatini o‘rganish yakunlarini muntazam ravishda Senat yalpi yig‘ilishiga kiritib boradi.

Yig‘ilishda fuqarolarning O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro mehnat standartlarida kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Qabul qilingan hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlari bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har yili BMT Bosh Assambleyasida rasmiy axborot sifatida tarqatiladi.

Senat qaroriga muvofiq, hukumat qishloq xo‘jaligi sohasiga bozor mexanizmlari, zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashuv darajasini oshirish, g‘o‘zaning yangi navlarini tatbiq etish, hosilni yig‘ib olishda mexanizatsiyadan foydalanish va ushbu sohani mexanizatsiyalashtirishdan eng yuqori natijalarga erishish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek mavsumiy ishchilarni jalb etishni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy usullar va mazkur sohada mehnat munosabatlarini boshqarish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirishi lozim.

 

Shuhrat Teshayev.

2016 yil hosilidan boshlab besh yil davomida paxta maydonlarini 185 ming gektar yoki 14,5 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-amaliy markazi bosh direktori Shuhrat Teshayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, paxtadan ozod qilingan maydonlarda sabzavot ekinlari, jumladan kartoshka, yem-xashak va moyli o‘simliklar ekiladi, intensiv bog‘lar va uzumzorlar tashkil etiladi.

«Natijada 2020 yilga borib meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz kinlarini yetishtirish hajmini eng kamida 2,3 barobarga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Uch yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi 3 barobarga ortishi lozim», — dedi vazir o‘rinbosari.

Bosh vazir o‘rinbosari, «O‘zagrotexsanoatxolding» boshqaruvi raisi Nodir Otajonov yil oxiriga qadar qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida 100 mln dollarlik loyihalar amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bir qator zavod va korxonalar modernizatsiya qilinadi.

«Qanday natijalarni kutayapmiz? Joriy yilda 550 dona paxta terish mashinasi ishlab chiqarilib, ularning 500 tasi Turkmanistonag eksport qilindi. Kelgusi yildan boshlab paxta terimini mexanizatsiyalashtirish uchun 3000 ta paxta terish mashinasini ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz va bu yo‘nalishdagi ishlar qariy boshlandi», — dedi Nodir Otajonov.

Ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan 3000 texnikaning 600 tasini eksport qilish, qolgan qismini birinchi navbatda Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlariga yo‘naltirish kutilmoqda. Qashqadaryo viloyatiga esa 100 ga yaqin texnika yuboriladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Amerikaning John Deere va CNH Industrial kompaniyalari bilan hamkorlik doirasida 2018 yilda 300 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqarilishini qayd etdi.

«Mazkur masala yuzasidan barcha texnik yechimlar topilgan, muhandis va mutaxassislarimiz ishni boshlashdi», — dedi u.

 

Nodir Otajonov.

«O‘zagrotexsanoatxolding» rahbari Sirdaryo viloyatida hozirda 500 ta paxta terish mashinasi harakat qilayotgani, 2018 yildan ushbu hududda paxta terishni mexanizatsiyalashtirish 80 foizga yetishini ma’lum qildi.

Butun respublikada paxta terimini mexanizatsiyalashtirish uchun eng kamida 14−15 ming dona paxta terish mashinasi talab qilinadi, deya ta’kidladi Nodir Otajonov.

Traktorlar ishlab chiqarish hajmi esa bu yilda 1500 tadan 3000 taga, 2018 yilda 5000, 2019 yilda esa 10 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

Noyabrdan Janubiy Koreyaning 8 mln dollarlik grantlarini jalb etgan holda konstruktorlik byurosi ish boshlaydi.

Muhokamalar yakunlari bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarini O‘zbekistonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga baho berishda ob’ektiv bo‘lishga chaqirdi.

Senatorlar fikricha, qarorning qabul qilinishi davlat hukumat va boshqaruv organlarining fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va majburiy mehnatning hech qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro shartnomalar me’yorlariga rioya etish yuzasidan parlament va jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishiga xizmat qiladi.

Manba: gazeta.uz

 

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: