O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Paxta sanoatini boshqarish tizimi isloh qilinmoqda

30.11.2017

     Paxta yetkazib berish uchun – “O’zpaxtasanoat” javob beradi. “O'zpaxtayog’” kompaniyasi soxadan chiqarildi.

     O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 noyabr kuni “Paxtachilik tarmog’ini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi”, qarorni imzoladi.

     Hujjatda qayd etilishicha, paxtachilik tarmog’ining jadal rivojlanishiga to’siq bo’layotgan bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Ular qatorida, birinchi navbatda, hom ashyoni qa’bul qilish, tashish va qayta ishlash, shuningdek, tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilishda hisobga olish va nazorat tizimining mavjud bo’lmasligiga olib kelgan zamonaviy texnologiyalarning yetarlicha joriy etilmaganligini ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq.

     Qarorga muvofiq “O’zpaxtasanoat” va “O’zpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyatlarini birlashtirish, shuningdek, “O’zpaxtasanoateksport” holding kompaniyasini tugatish asosida paxtachilik tarmog’i uchun mas’ul bo’lgan yagona tashkilot – “O’zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Yog’-moy tarmog’ini rivojlantirishning maqbul yo’llarini belgilab olish maqsadida “O’zpaxtayog’” aksiyadorlik jamiyati ushbu tizimdan ajralib chiqarildi.

     Qaror bilan paxtachilik tarmog’ida ishlab chiarish jarayonlarini yanada yaxshilash bo’yicha  chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

     Hususan, paxta xom ashyosini qa’bul qilish, to’ldirish, saqlash va qayta ishlashning texnik vositalari va uslublari yaxshilanadi. Paxta tozalash korxonalari zamonaviy o’lchov vositalari, laboratoriya uskunalari, paxta xom ashyosini qabul qilishda inson omilining rolini pasaytiradigan eng yangi axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.

     Mazkur chora-tadbirlar paxta xom ashyosini qa’bul qilish, tashish qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish ustidan samarali hisobot va nazorat tizimini joriy etishga qaratilgan bo’lib, qo’shib yozish va aniq ma’lumotlarni boshqacha tarzda buzib ko’rsatish holatlarini istisno qiladi.

     O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” paxta tolasini sertifikatlash markazining “O’zstandart” agentligi tuzilmasiga o’tkazilganligi boshqa muhim o’zgarishlardan bo’ldi. Hozirgi kunga qadar 1,2 ming nafardan ortiq hodimi bo’lgan “Sifat” markazi va 1,5 ming nafar hodimga ega bo’lgan “O’zstandart” agentligi o’zaro o’xshash faoliyatni tashkiliy bo’ysunuvsiz, mustaqil ravishda amalga oshirib kelgan. Standartlashtirish sohasida takroriylikni bartaraf etilishi paxta tolasi, paxta linti va texnik chigit kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish normativlari va talablariga so’zsiz rioya etilishini ta’minlaydi.

     Paxtachilik tarmog’ida moliya intizomini mustahkamlash maqsadida Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

gazeta.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: