O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Prezident xotin-qizlarni 8 mart bilan shaxsan tabrikladi

07.03.2018

     Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo’lib o’tgan marosimda xotin-qizlarni 8 mart bilan shaxsan tabriklab, mukofotlarni topshirdi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 mart kuni O’zekspomarkazda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida nutq so’zladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Bu qutlug’ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va mo’tabar Ona siymosiga ta’zim qilamiz”. — dedi shavkat Mirziyoyev o’z tabrigida.

“Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko’rki bo’lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko’rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go’zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir, dedi Prezidentimiz. Mening tilagim, mening maqsadim bitta — oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog’-omon bo’linglar! Nega deganda, ayollarimizning baxti — xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir”, — deya qayd etdi davlat rahbari.

Davlatimiz rahbarining 2 martdagi qaroriga muvofiq bu yil yangi tartib asosida 28 nafar faol qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

7 mart kuni Prezident ayollarimiz, opa-singillarimizga quvonch ulashgan yana bir hujjat — “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to’g’risida”gi farmonga imzo chekdi. Mamlakat ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog’liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

gazeta.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: