O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Saylov taklifnomasi – iftixor ramzi

16.11.2016

Inson hayotda konferensiya, konsert, to‘y va boshqa turli tadbirlarga taklifnoma olib turadi. Lekin saylov taklifnomasi ulardan butkul farq qiladi. Ayniqsa, u mukammal ko‘rinishga ega bo‘lsa qalbimizga yana bir iftixor tuyg‘usini solishi shubhasiz. 

 

Oilamiz saylov huquqiga ega a’zolarining har biriga alohida yozilgan saylovga taklifnoma bu yil o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan. Uni qo‘lga olgan odam nafaqat o‘ziga bo‘lgan e’tiborni his etadi, balki shu siyosiy jarayonga munosabati yanada jiddiylashadi. 
Ha, o‘z ovozi ahamiyatga ega ekanini anglashdek buyuk tuyg‘uni bizga istiqlol tuhfa etdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan mustaqil davlatimiz taraqqiy etgani sari xalqimiz nafaqat eng yaxshi narsalarga ega bo‘lmoqda, balki yuksak hurmat-e’tibor topayotir. 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining adolat tamoyili asosida o‘tkazilishi uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Suyarjon Qurbonqulov. – Uning asosiy ishtirokchilari – mamlakatimiz fuqarolari, saylovchilardir. Ularning saylovdagi ishtiroki taqdim etiladigan taklifnomaga ham bog‘liq. Taklifnoma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 28-oktabrdagi 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir taklifnomaning namunasi va uning tasnifini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq chop etildi. 

Saylovga taklifnoma avvalgi yillarda chiqarilgan taklifnomalardan tubdan farq qiladi. E’tiborli jihati, unda har bir saylovchining shaxsan ovoz berishiga oid qonun normasidan ko‘chirma keltirilgani har bir saylovchini o‘z huquqidan foydalanishga da’vat etishi shubhasiz. Siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarga oid ma’lumotlar ham ilk bor saylov taklifnomasidan o‘rin olgan. 

Saylov taklifnomasining aniq tasnifiga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga taklifnoma A5 formatidagi qog‘ozga oldi va orqa tarafiga rangli bo‘yoqlar bilan chop etish orqali nashr etilgan. Qog‘ozning old tarafi pastki qismida havorang naqshli fonning markazida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining timsoli (emblemasi), uning tagida katta bosma harflar bilan “SAYLOVGA TAKLIFNOMA” so‘zlari bitilgan. Undan ikki pog‘ona pastda saylov bo‘lib o‘tadigan yil, kun va oy sanasi yozma ravishda hamda uning pastida katta bosma harflar bilan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI KUNI” degan so‘zlar yozilgan. 

Qog‘ozning orqa tarafi naqshinkor hoshiyalarga bo‘lingan. Naqshinkor hoshiyalarning to‘rtta burchagida to‘rtta uchburchak shaklida milliy naqsh namunasi aks ettirilgan va ular ikki qator chiziqlar bilar o‘zaro birlashtirilgan. 

Yuqori naqshinkor hoshiyaning ichki qismida “Uchastka saylov komissiyasi Sizni 2016-yil 4-dekabr kuni o‘z konstitutsiyaviy huquqingizdan foydalanishga – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga taklif qiladi" matni to‘q havorang rangda bitilgan. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yo‘l qo‘yilmaydi” so‘zlari yozilgan.


Pastki naqshinkor hoshiyalarning ichki qismida imzo varaqasini Markaziy saylov komissiyasiga topshirish navbatiga qarab, tartib bilan partiyaning nomi va uning timsoli hamda partiya tomonidan ko‘rsatilgan Prezidentlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi joylashtirilgan. 

Bu galgi saylov taklifnomasini olgan har bir yurtdoshimiz istiqlolgacha bo‘lgan davrda ko‘pincha bunday taklifnomalar juda oddiy, ko‘rimsiz qog‘ozda chiqarilganini eslashi aniq. Uyda nechta odam istiqomat qilishi, kimlar ovoz berishi mumkinligi e’tiborga ham olinmay, darvozadan bir changal «nomsiz taklifnoma» tashlab ketilardi. Oila boshlig‘i ularni va pasportlarni olib, uydagi hamma uchun ovoz berib kelardi. Hozir avval saylov uchastkasi xodimi har bir xonadonda bo‘lib, unda nechta odam istiqomat qilishi, kimlar ovoz berish huquqiga ega ekanligi e’tiborga olingan holda ro‘yxat shakllantirilgan. Shu asosda har bir taklifnomaga saylovchining ismi familiyasi yozilgan. Uni saylovchilar ro‘yxati varaqasiga har bir saylovchining shaxsan o‘zi imzo qo‘ygach taqdim etilmoqda. 

2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida mamlakatimizning 21,4 milliondan ziyod fuqarosi ishtirok etadi. Shu kunlarda ularga saylov taklifnomasi tarqatilmoqda. 
 
Manba: O'zA
Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: