O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Technovation Uzbekistan hududlarga "tashrif buyuradi"

08.02.2018

    Toshkent shahridagi Inha universitetining o’zbekistonlik xotin-qizlar o’rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni targ’ib etishni maqsad qilgan Technovation Uzbekistan loyihasi tashkilotchilari joriy yilning 2 fevralida hududlar bilan onlayn aloqa o’rnatdilar. 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’tkazilgan video-anjuman universitetning Samarqand, Farg’ona, Qarshi, Urganch hamda Nukus shaharlaridagi bo’linmalarini qamrab oldi. Unda universitetda, kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan, shuningdek Technovation Uzbekistan loyihasida ishtirok etish istagidagi xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Video-anjuman mobaynida har bir hududda loyihani tashkil etishda ishtirok etuvchi Xotin-qizlar qo’mitasi va TATU bo’linmalarining koordinatorlari belgilandi. Video-anjuman orqali reja va vazifalarni har oyda 1 marotaba virtual tizim orqali muhokama qilish kelishib olindi. 

Tashkilotchilar Technovation loyihasini qo’llab-quvvatlayotgani uchun TATU hamda Xotin-qizlar qo’mitasiga minnatdorchilik bildiradi.

InfoCOM.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: