O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Toshkent hokimiyati Seul meriyasi andozasi bo‘yicha «Raqamli idora» tizimini joriy etadi

19.01.2018
  • Toshkent hokimiyati Seul meriyasi andozasi bo‘yicha «Raqamli idora» tizimini joriy etadi

Toshkent hokimiyati Seul meriyasi andozasi bo‘yicha «Raqamli idora» tizimini joriy etadi

Toshkent hokimiyati Seul tajribasidan foydalangan holda shaharni boshqarish bo’yicha «Raqamli idora» tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Janubiy Koreya poytaxti seul shahri meriyasi delegatsiyasi Toshkent hokimiyatiga «Raqamli idora» tizimini joriy etish, davlat xizmatlarini takomillashtirish, shuningdek O’zbekiston poytaxtida Seul ko’chasini yaratishda ko'maklashadi. Bu haqda 17 yanvar kuni shahar ma’muriyatida bo‘lib o‘tgan tizim taqdimotida ma’lum qilindi.

Delegatsiyaning texnik mutaxassislari 16−23 yanvar kunlari joylardagi ob’ektlarni o’rganib, ishlar miqyosini baholash uchun dastlabki izlanishlarni olib boradi. Mehmonlar Toshkent hokimiyati, Davlat xizmatlari agentligi, turar joy-kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, xalq qabulxonasi va Toshkent IIBB IT-tizimlari faoliyati va tuzilmalari bilan tanishadi.

Delegatsiya rahbari, Seul meriyasi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i Pek Chjon Mun Seel meriyasida yo’lga qo’yilgan tizim butun shahardagi jarayonlarni kuzatish, kommunikatsiya, infratuzilma inshootlari va xavfsizlikni ta’minlash sohalaridagi axborotlarni olish imkoniyatini berishini ta’kidlab o’tdi.

«Real vaqt rejimida merga shaharda bo’layotgan voqealar to’g’risidagi ma’lumotlar kelib tushadi. Bunday turdagi axborot tizimi Toshkent hokimiga shaharni samarali boshqarish, aholidan kelib tushayotgan shikoyat va murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlashni takomillashtirish va yaxshilashga yordam berar edi», — deb hisoblaydi u.

gazeta.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: