O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Toshkentda Paxta bo'yicha xalqaro maslahat qo'mitasining 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi ish boshladi

24.10.2017
  • Toshkentda Paxta bo'yicha xalqaro maslahat qo'mitasining 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi ish boshladi

Toshkentda Paxta bo'yicha xalqaro maslahat qo’mitasining 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro o’zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi  ish boshladi.

 “O'zekspomarkaz” ko’rgazma pavilonlarida Paxta bo'yicha xalqaro maslahat qo’mitasining 76-yalpi  majlisi va XIII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasi  ish boshladi. Mazkur yirik anjumanlar joriy yilning 28 iyun kuni e'lon qilingan “Paxta bo'yicha xalqaro maslahat qo'mitasining 76-yalpi  majlisi va XIII Xalqaro o'zbek paxta va to'qimachilik yarmarkasini o'tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga muvofiq o'tkazilmoqda.   

Dastlab yarmarkaning tantanali ochilish marosimi bo’lib o'tdi. Anjumanni doimiy yarmarka qo'mitasining raisi, “O'zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Akmal Kamalov kirish so'zi bilan ochdi. O'z ma'ruzasida mamlakatimizda paxta sanoati sohasidagi keng ko'lamli islohotlar, istiqbolli loyihalar,  hamkorlik aloqalari va paxta tolasinini qayta ishlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida to'xtalib o'tdi hamda anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Toshkentda ish boshlagan xalqaro anjumanda 1700 ga yaqin xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etmoqda. Shuningdek, mazkur tadbirda yetakchi mamlakatlarda paxta va to'qimachilik sohasining rivojlanishi, jahon paxta bozori tendensiyalari, savdo, logistika va sug'urta masalalariga bag'ishlangan 16 ga yaqin ochiq va mavzuli sessiyalar o'tkaziladi.

Yarmarka doirasida mamlakat yengil sanoati salohiyati, jumladan, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan turfa xildagi liboslar namoyishi rejalashtirilgan.

Manba: uzpse.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: