O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Turkmaniston Prezidenti O'zbekistonga tashrif buyuradi

01.03.2018

    O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning O'zbekistonga amalga oshiradigan tashrifini muhokama qildi.

1 mart kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Vepa Xajiyevni qabul qildi. Vepa Xajiyev Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Turkmaniston qo'shma komissiyasining 14-majlisi ishida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan.

Uchrashuvda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov muloqotlari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollari muhokama qilindi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Turkmaniston Prezidentining O'zbekistonga bo'lajak tashrifi amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Qayd etilganidek, oliy darajadagi O'zbekiston-Turkmaniston muntazam muloqoti davlatlararo aloqalarning ildam rivojlanishi uchun asosdir.

Suhbat chog'ida Toshkent shahrida mart oyida bo‘lib o'tishi rejalashtirilgan tadbirlarga — Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg'oniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari uchrashuvlari va Afg'oniston bo'yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi.

gazeta.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: