O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «SIFAT» O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
A A
  • Sertifikatlash

    Sertifikatlash

    «SIFAT» markazida sertifikatlash olib boriladi. batafsil
  • Sinovlar

    Sinovlar

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
  • Standart namunalarni tayyorlash

    Standart namunalarni tayyorlash

    O'zbekiston "Sifat" markazida paxta tolasini sinovlarini
    HVI tizimlari klasserlik usullari bilan olib borishadi.
    batafsil
Kirish
.ID.UZ

Har bir loyihadan asosiy maqsad – xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishdir

17.04.2017
  • Har bir loyihadan asosiy maqsad – xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishdir

   Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qo’shrabod tumanida ham bo’ldi. Tumandagi “Oqtepa” qishloq fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan uchrashuvda tog’oldi hududlarida 2017-2018 yillarda yong’oqzor va uzumzorlar, 2017-2021 yillarda chorva boqishni tashkil qilish, tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga oid loyihalar bilan tanishdi.

   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 martdagi “Dehqon xo’jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining Jomboy, Ishtixon, Qattaqo’rg’on, Pastdarg’om, Payariq, Samarqand, Urgut va Qo’shrabot tumanlarining tog’oldi tumanlarining tog’oldi hududlarida 2017-2018 yillarda 4 ming 211 fermer xo’jaligi tashkil etiladi. Fermer xo’jaliklarida 5,7 ming gektar yong’oqzor va 13 ming gektar tokzorlar barpo etish rejalashtirilgan. 

   Birgina 2017 yilda 2,5 ming gektar yong’oqzor, shundan 2,1 ming gektar intensiv, 6,6 ming gektar tokzordan 1,3 ming gektar intensive tokzorlar barpo etilishi mo’ljallangan. 

   Bu loyihalarni amalga oshirish uchun 271 milliard so’m va 8,4 million dollar miqdordagi mablag’lar sarflanishi ko’zda tutilgan. Bu qo’shimcha 15 ming tonna yong’oq va 50 ming tonna uzum mahsulotlari eksport qilish imkoniyatini yaratadi. 2017-2018 yillar davomida 26 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. 

   Shunday yong’oqzorlardan biri “Oqtepa unumdor zamin”fermer xo’jaligida barno etiladi. Prezidentimiz nuroniylar bilan birga bu yerga yong’oq ko’chati o’tqazdi. 

   Mamlakatimizning barcha joylarida bo’lgani singari Samarqandda ham hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko’p. Ularni ishga solib, qo’shimcha daromad topish, xalqimiz farovonligini yanada oshirish mumkun. Buning uchun samarali harakat qiish, odamlarda tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish, tomorqadan unumli foydalanish kerak, dedi davlatimiz rahbari. 

   Qo’shrabot tumanida 2017-2021 yillarda aholi, fermer va dehqon xo’jaliklarida 10 ming bosh echki va  5 ming bosh qo’y boqishni tashkil qilish loyihasi ham yirik loyihalardan. Qiymati 7,7 milliard so’m bo’lgan mazkur loyihada Rossiyadan 10 ming bosh naslli echki, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridan 5 ming bosh hisori qo’ylarni sotish mo’ljallangan. 

  Birinchi Prezidentimmizning 2015 yil 18 dekabrdagi qaroriga muvofiq, xalqaro moliya institutlari – OPEK hamda Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg’armalari tomonidan O’zbekiston ishtirokida 2016-2018 yillarda Qo’shrabot tumani ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati  36,4 million dollarlik loyihaning amalga oshirilishi belgilangan. 

   Loyiha amalga oshirilgach, 77 qishloq fuqarolar yig’inida 49 suv olish inshooti quriladi, 6 tasi rekontruksiya qilinadi. 408,1 kilometr magistral suv quvurlari va tarmoqlari qurilishi amalga oshiriladi. 

   Bundan tashqari loyihaga 110 suv olish qudug’ini burg’ulash va rekonstruksiya qilish, 16,1 kilometr uzunlikdagi suv inshootlarini himoya devorlari bilan o’rash, 164 quduq nasosini o’rnatish, 14 avtomatlashtirilgan nasos stansiyasini qurish, 55 komplekt elektr transformator, 3 quyosh generatori hamda 52 dizel generatorlarini o’rnatish, 24,5 kilometr uzunlikdagi tashqi elektr ta’minoti tizimi bilan ta’minlash kiritilgan. 

   Davlatimiz rahbari Qo’shrabotda eksportbop mevalar ekish, chorvachilikni rivojlantirish, buning uchun aholiga kredit mablag’lari ajratish zarurligini ta’kidladi. 

   Tumanda junni qayta ishlash fabrikasi qurish, Samarqand va Oqdaryo tumanlarida 2017 yilda qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy issiqxona majmualari loyihalari taqdimoti ham o’tkazildi. 

kun.uz

Murojaat uchun

120-59-36

Virtual qabulxona
Virtual qabulxona

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Paxta tolasini yopishqoqligini sinovi

Bizning joylashuv


Ohirgi o'zgartirish: 15.05.2018

On-line foydalanuvchilar: